Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Atalanta" ustozi: "Bunday o‘yinlarning taqdirini mayda detallar hal qiladi"

"Atalanta" ustozi: "Bunday o‘yinlarning taqdirini mayda detallar hal qiladi"

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini "Napoli"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz o‘z o‘yinimizni o‘tkazdik, yaxshi himoyalandik, ammo qarshi hujumlarda bir qancha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda, jamoa yaxshi o‘ynadi, ammo bunday uchrashuvlar taqdirini mayda detallar hal qiladi. Istalgan natijani qo‘lga kiritish imkoniyatidan bahramand bo‘lmoqchi edik, ammo uni qo‘ldan boy berdik.

Oldinda yana 12 ta o‘yin bor, undan ko‘nglim to‘ldimi yoki yo‘qligini mavsum oxirida aytaman. Oxirgi haftalarda ochko yo‘qotdik, ammo "Napoli"ga qarshi o‘yinda ham katta viqor va jasorat bilan o‘ynay olishimizni isbotladik. Men o‘z futbolchilarimdan shuni so‘rayman" - dedi Gasperini DAZN nashriga.

"Atalanta" A Seriyada 6-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yin 17 mart kuni o‘z maydonida "Empoli"ga qarshi o‘tkaziladi.

 

Kiritildi: 09:59, 12.03.2023.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик