Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

U20 jahon kubogiga qachon qur’a tashlanadi?

U20 jahon kubogiga qachon qur’a tashlanadi?

Baho:
+3 | -

U20 jahon kubogiga qachon qur’a tashlanadi?
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Avstraliyani mug‘lub etib (penaltilar seriyasida), jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, ushbu yoshdagi jahon kubogi Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Turnirga qur’a tashlash marosimi esa 31 mart kuni ushbu mamlakatning Bali orolida o‘tkaziladi.

FIFA qur’adan oldin jamoalarni savatchalarga ajratishda o‘zgacha yo‘l tutishga qaror qildi: ishtirokchi mamlakatlarning ushbu yoshdagi terma jamoasining so‘nggi 5ta musobaqadagi natijalarini ball ko‘rinishida hisoblashga qaror qildi. Bunda o‘z qit’asida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoalar (AQSH, Senegal, Angliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va Osiyo chempioni) qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.

Ayni paytda ishtirokchi jamoalar to‘plagan ochkolar va savatchalar quyidagicha:

1-savatcha
Indoneziya — 0 (mezbon)
Urugvay — 28.4
AQSH — 26.8
Fransiya — 24.2
Senegal — 24.0
Italiya — 21.8

2-savatcha
Angliya — 21.6
Yangi Zelandiya — 18.0
Braziliya — 16.8
Ekvador — 15.4
Kolumbiya — 15.0
Nigeriya — 12.4

3-savatcha
O‘zbekiston — 6.4
Iroq — 4.8
Gonduras — 4.2
Fiji — 1.8
Gvatemala — 0.6

4-savatcha
Dominikan Respublikasi — 0.0
Gambiya — 0.0
Isroil — 0.0
Slovakiya — 0.0
Tunis — 0.0

Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston 3-savatchadan o‘rin oldi. Bu savatdagi Gonduras, Fiji va Gvatemala jamoalari guruhda bizga raqib bo‘lmaydi.

Qur’ada 24 jamoa 6 guruhga bo‘linadi. Bir qit’a vakillari bir guruhdan o‘rin olmaydi.

Manba: Футболиум
Kiritildi: 10:34, 12.03.2023.
O'qildi: 6695 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик