«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning markaziy hujumchisi Robert Levandovski haqida gapirdi.
Mutaxassis polshalik hujumchini «ko‘k-anorranglilar» afsonalari – Lionel Messi va Ronaldinyo bilan solishtirdi.
«Biz futbol haqida ko‘p gaplashamiz. Men Robertni Lionel Messi va Ronaldinyo kabi futbolchilar bilan solishtiraman.
Levandovski yakka o‘zi jamoaning mentalitetini o‘zgartirdi», - dedi Xavi.
34 yoshli hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Levandovski hisobida 15 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.