"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn jamoasining Premyer-ligadagi minimum maqsadi haqida gapirdi.
“Minimal maqsad - to‘rtinchi o‘rinni egallash. "Liverpul" mag‘lub bo‘ldi, bu biz uchun juda yaxshi yangilik. Biz bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratishimiz va har qanday burilishlarga tayyor bo‘lishimiz kerak", - dedi "shporlar" to‘purari Sky Sports nashriga.
Oxirgi o‘yinda "Tottenxem" "Nottingem Forest"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Keyn ikki bor gol urdi.
27-turdan so‘ng “shporlar” 48 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.