Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Baxtiyor Ashurmatov: “Turon” bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdi

Baxtiyor Ashurmatov: “Turon” bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdi

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jangovar o‘yin bo‘ldi. Afsuski, jarohatlar sabab o‘zimiz istagan vaqtda o‘zgarishlarni amalga oshira olmadik. Futbolda kichik faktorlar katta ahamiyatga ega. Uchrashuv oxirida yakkakurashda imkoniyatni boy berdik va e’tiborsizlik natijasida to‘p o‘tkazib yubordik. To‘g‘ri, ikki bahsda ikki bor mag‘lub bo‘ldik, ammo o‘ylashimcha, futbolchilar shunday kurashishda davom etsa, kerakli natijani albatta qo‘lga kiritamiz.

“Nasaf” o‘z o‘yini bilan bizni ko‘p harakat qilishga majbur qildi. Ko‘p vaqt to‘psiz qoldik va shu sabab jismonan tez charchadik. Bellashuv so‘nggida 5 himoyachi bilan o‘ynamoqchi edik. Quvondiq Ro‘ziyev jarohat oldi, uni o‘zgartira olmadik. Boisi, zaxira almashtirishlaridan foydalanib bo‘lgan edik. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Futbolchilar to‘p nazoratini o‘zlarida saqlab turishganida, bahs yakunida darvozamiz oldida bosim yuzaga kelmagan bo‘lardi. Shunday bo‘lsada, yigitlar bugun mag‘lubiyatga munosib emas edilar. Lekin bu futbol. Daqiqalar, soniyalar ham ko‘p narsani hal qiladi.

Ro‘ziqul Berdiyev mamlakatimizdagi eng kuchli mutaxassislardan biri sanaladi. Qarshiliklarning tarkibi deyarli o‘zgarmadi va jamoaviy o‘yini yaxshi shakllangan. Bizga esa biroz vaqt kerak. Jamoamizning salohiyati kuchli oltilikka kirishga etadi”, – dedi mutaxassis.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 22:12, 12.03.2023.
O'qildi: 1916 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик