Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

APL grandlari "Inter" himoyachisining transferi ustida ishlashda davom etmoqda

APL grandlari "Inter" himoyachisining transferi ustida ishlashda davom etmoqda

Baho:
+ | -

"Inter" o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisga yana "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" o‘tgan yozda 26 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatoriga kiritilgandi, ammo keyin bu yangilik haqida gapirilmadi. Ilgari "Inter" lateral uchun taxminan 50 million yevro talab qilgan bo‘lsa, hozir ular 40 millionga yaqin mablag‘ evaziga u bilan xayrlashishga tayyor, bu esa potensial xaridorlarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Goal xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchining transferi ustida ishlashni qaytadan boshlagan. Futbolchi uchun kurashda Manchester grandining asosiy raqibi Londonning “Chelsi” jamoasi hisoblanadi.

Denzel Dyumfris joriy mavsum “Inter” safida 31 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 28 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 00:55, 13.03.2023.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик