Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 8 ta jamoa ishtirok etadi

O‘zbekiston kubogi. Saralashda 8 ta jamoa ishtirok etadi

Baho:
+ | -

7 mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra A hamda F guruhlarining to‘rtinchi jamoasi saralash o‘yinlari orqali aniqlanishi aytilgandi. A guruhidan “Andijon-SGS”, “G‘ijduvon” va OKMK klublari joy olgan bo‘lsa, F guruhini “Andijon”, “Olimpik” hamda “Navbahor” tashkil qilib turibdi.

Guruh bosqichining so‘nggi ikki yo‘llanmasi uchun Birinchi liganing sakkiz jamoasi kurash olib boradi: “Jayxun” (Qoraqalpog‘iston), “Nurafshon” (Buxoro), “Qumqo‘rg‘on” (Surxondaryo), “Jizzax” (Jizzax), “Yangiyo‘l” (Toshkent viloyati), “Olimpiya” (Toshkent), “Chig‘atoy” (Toshkent), “Sementchi” (Farg‘ona). Guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun mazkur jamoalardan ketma-ket ikki uchrashuvda zafar quchish talab etiladi.

Ertaga — 15 mart kuni saralash o‘yinlariga qur’a tashlab beriladi. Unga ko‘ra, I bosqichda sakkiz jamoa o‘zaro to‘rt juftlik hosil qiladi. Bellashuvlar 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib to‘rt jamoa II bosqichda yana ikki juftlik hosil qiladi va har ikki bellashuv g‘oliblari mos ravishda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

2023 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Reglament asosida saralash o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 18:20, 14.03.2023.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик