Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Futbolni o‘zgartirayotgan ikki yirik "imperiya"

Futbolni o‘zgartirayotgan ikki yirik "imperiya"

Baho:
+ | -

Avvallari futbolda katta nomlar, kuchli tarkib va chiroyli o‘yin hammasini hal qilardi. Xozir esa, sal boshqacharoq, katta nomlarni o‘z tarkibiga yig‘a olgan va chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan jamoalar yakunda hech nimasiz qolishi ajablanarli holat emas. Futbol va zamon bir-biri bilan moslashib bormoqda va zamonaviy futbolda taktikalar jangi ham bor. Balki kelajakda futbol yanada murakkab sport turiga aylanishi mumkin. Har xolda, yangi "imperiya"larning harakati shuni ko‘rsatmoqda. 

Red Bull - eng rivojlangan imperiya!

Mashhur energetik ichimliklar brendi futbol olamida tobora ko‘proq nom qozonmoqda. Kompaniya dunyo bo‘ylab bir qancha futbol klublarini yaratgan. Ular orasida "Leypsig" (Germaniya), "Zalsburg" (Avstriya), "Nyu-York" (AQSH) va "Bragantino" (Braziliya) jamoalari bor. Tashkilot avstriyalik bo‘lgani uchun ular 2005 yilda 1933 yildan beri mavjud bo‘lgan Avstriya klubi sotib olishi bilan futbolga kirib kelgan. Kompaniya to‘liq rebrendingni amalga oshirdi va o‘rtacha klubdan chempionatning so‘zsiz yetakchisiga aylandi.

Biroz vaqt o‘tgach, Germaniyaning 5-kuchli divizioni klubi sotib olindi va uning negizida "RB Leypsig" tashkil etildi. Jamoa Germaniya cho‘qqisiga aql bovar qilmaydigan tezlikda ko‘tarildi - buning uchun atigi 7 yil kerak bo‘ldi. Va o‘shandan beri "buqalar" Chempionlar Ligasi zonasiga kirish uchun doimiy da’vogarlar bo‘lib kelmoqda.

Barcha Red Bull klublarining afzalligi - mashg‘ulotlar va yuqori saviyali murabbiylar uchun ajratilgan katta mablag‘dir. Ushbu sarmoyalar ko‘plab mamlakatlarda futbol saviyasini yaxshilashga yordam berdi va yosh iste’dodlarni rivojlantirishga yordam berdi.

Klublar tayyor o‘yinchilarga e’tibor qaratmaydi, balki yaxshi jihozlangan skaut tizimidan foydalanishni afzal ko‘radi. Xullas, ular Sadio Mane, Erling Xolland, Yoshko Gvardiol, Timo Verner kabi futbolchilarni dunyoga tanitdi. Ro‘yxatni hali bemalol davom ettirsa bo‘ladi. 

Ammo shuni ta’kidlash joizki, Red Bullning futboldagi ishtiroki bahs-munozaralardan xoli bo‘lmagan. Ba’zi muxlislar kompaniyaning bir nechta klublarga egaligi halol raqobat tamoyillariga zid ekanligini va ularga boshqa klublardan nohaq ustunlik berishini ta’kidlamoqda. Boshqalar kompaniyani sportning o‘ziga emas, balki marketing va brendingga e’tibor qaratgani uchun tanqid qilishdi.

Shayx Mansurning "Siti" futbol guruhi ham xuddi shunday ulkan imperiyaga aylandi

Sity Football Group (SFG) ko‘p millatli tashkilot bo‘lib, dunyo bo‘ylab o‘nta futbol klubiga egalik qiladi va ularni boshqaradi, uning flagmani Manchester Siti hisoblanadi. SFG 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, aksariyat qismi Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayonning xususiy sarmoya firmasiga tegishli.

"Manchester Siti" butun futbol klublari guruhining etakchisi sifatida ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Investor kelganidan beri jamoa ko‘plab milliy sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Boshqa futbol klublari ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Masalan, Nyu-York shahri 2019 yilda o‘zining birinchi kubogini qo‘lga kiritdi va "Jirona" Ispaniya chempionatida katta sarmoyaga ega bo‘lmagan holda juda yaxshi kurashmoqda.

Futbol imperiyalari tez-tez tanqid qilinadi

So‘nggi paytlarda imperiyaga aylangan klublarning rivojlanishi juda tezlashdi. Shunday bo‘ladiki, futbol imperiyalarining ba’zi jamoalari o‘zlarining flagmanlari uchun ishlaydilar. Jarayon “Manchester Siti” uchun ham, Germaniyaning "Leypsig"i uchun ham xuddi shunday tarzda tashkil etilgan.

"Red Bull" Avstriyada unchalik mashhur emas, Germaniyada esa umuman boshqacha. Shu sabab Red Bulning asosiy jamoasi nemis diyorida. "Siti" imperiyasi ham muxlislarning noroziligidan juda xavotirda emas. Chunki imperiya faqat Shayx Mansurda emas - "Udineze", "Uotford" va "Granada"ga egalik qiluvchi Potsso oilasi. Ularning egalari vaqti-vaqti bilan o‘z futbolchilarini jamoalar o‘rtasida almashtiradi, moliyaviy va sport imtiyozlaridan foydalanib, boshqa klublarga, masalan, futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashishlariga yo‘l qo‘ymaydilar.

Red Bull jamoalari o‘rtasida futbolchilarni "Zalsburg"dan "Leypsig"ga o‘tkazish amaliyoti keng tarqalgan. Katta moliyaviy daromad tufayli nemis klubi futbolchini olib, Avstriyaga ijaraga jo‘natishi mumkin. Muxlislarning g‘azabini jurnalist Kristian Falk o‘z so‘zlari bilan ifodalagan:

Bunday transferlar odatiy tusga aylansa, futbol xavf ostida qoladi. Men bundan ko‘ra ko‘proq axloqiy me’yorlarni buzgan bitimni ko‘rmaganman.

Yana bir yaxshi misol Frenk Lempard. "Chelsi"ni tark etgach, ingliz yarim himoyachisi "Nyu-York Siti" bilan shartnoma imzoladi, lekin darhol "Manchester Siti"ga ijaraga yuborildi va bu "ko‘k-anorranglilar" muxlislarining o‘z afsonasining transferidan noroziligiga sabab bo‘ldi.

UYEFA Red Bulning "Leypsig" jamoasi bo‘lishiga qaramay, "Zalsburg" Yevropa musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat bergani yanada g‘azabga sabab bo‘ldi. Assosiasiya nizomiga ko‘ra, bir xil tipdagi, bir tizim va bir shaxsning qo‘l ostidagi ikki klubdan biri klublar o‘rtasidagi xalqaro turnirlarda qatnasha olmaydi, chunki bu sportdagi raqobatbardoshlik tamoyillariga ziddir. Shu munosabat bilan UYEFA arbitraj sudi o‘z tekshiruvini o‘tkazdi va har ikki klubga Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berishga qaror qildi.

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 18:30, 14.03.2023.
O'qildi: 5718 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.