Karim Benzema 82-daqiqada «Liverpul»ga qarshi (1:0) o‘yinda nega almashtirilganini tushuntirdi.
«Men maydonni tark etdim, chunki boldirimga yomon zarba qabul qilib oldim. Ammo bu shunchaki ko‘karish xolos.
Yakshanba kuni «Barselona» bilan o‘yinga tayyor bo‘laman», – dedi «Real» hujumchisi.
Madridliklar La Liganing 26-turi doirasida «Kamp Nou»da «ko‘k-anorranglilar»ga to‘qnash keladi.