Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Klublar o‘rtasidagi JCHning yangi formati tasdiqlandi

Klublar o‘rtasidagi JCHning yangi formati tasdiqlandi

Baho:
+ | -

FIFA 2025 yildan boshlab yangi ko‘rinishda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining formatini tasdiqladi.

Ushbu turnirda 32 ta klub ishtirok etadi va har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Turnirda ishtirok etish huquqi quyidagi jamoalarga beriladi:

Osiyo, Afrika va KONKAKAF qit’asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida so‘nggi 4 mavsumda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar — jami 12ta.

KONMEBOL mintaqasida Libertadores kubogining so‘nggi 4 mavsumdagi (2021-2024) g‘oliblari va mintaqaning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 2 o‘rinni egallagan klub — jami 6ta.

Yevropa qit’asida Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi 4 mavsumdagi g‘oliblari va UYEFAning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 8 o‘rinni egallagan klub — jami 12ta.

Okeaniya mintaqasida so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori o‘rinni egallagan 1ta klub.

Mezbon — 1 klub.

Ushbu taqsimot orqali turnirda ishtirok etadigan 9ta jamoaning nomi hozirdan ma’lum. Ular:

«Chelsi» (Angliya) — YECHL g‘olibi — 2020/21;
«Real» (Ispaniya) — YECHL g‘olibi — 2021/22;
«Palmeyras» (Braziliya) — Libertadores kubogi g‘olibi — 2021;
«Flamengo» (Braziliya) — Libertadores kubogi g‘olibi — 2022;
«Al-Ahli» (Misr) — Afrika chempionlir ligasi g‘olibi — 2020/21;
«Vidad Kasablanka» (Marokash) — Afrika chempionlir ligasi g‘olibi — 2021/22;
«Monterrey» (Meksika) — KONKAKAF chempionlir ligasi g‘olibi — 2021;
«Sietl Saunderz» (AQSH) — KONKAKAF chempionlir ligasi g‘olibi — 2022;
«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) — Osiyo chempionlir ligasi g‘olibi — 2021.

Shu bilan birgalikda, FIFA har yilgi 7 jamoa ishtirokidagi klublar o‘rtasidagi JCHni o‘tkazishda davom etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:40, 16.03.2023.
O'qildi: 5715 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик