Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ravshan Xaydarov: "Butun xalqimiz quvonchi uchun ham ertaga g‘alaba qozonamiz": final oldidan murabbiylar nimalar dedi?

Ravshan Xaydarov: "Butun xalqimiz quvonchi uchun ham ertaga g‘alaba qozonamiz": final oldidan murabbiylar nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Bugun 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozi Ravshan Xaydarov va Iroq bosh murabbiyi Emat Muhammad ishtirok etdi. Ular final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalo Ravshan Xaydarov shunday dedi: 

Sovringa qadar 1 qadam qoldi. Finalga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

"Assalomu alaykum, barchaga. Ertaga bu turnir yakuniga yetadi. Har ikki jamoa ham finalgacha katta kuch sarflab yetib keldi. Biz yigitlar bilan, final uchun borimizni berishga harakat qilamiz. Negaki, bizda anchadan beri katta sovrinlar mavjud emas. Turnirni yurtimizda o‘tishi bizni g‘alabaga yanada qattiqroq chorlaydi".

Sizda hal qiluvchi bahslar borasida tajriba mavjud. Bu sizga qanchalik yordam beradi?

"Ha, finallarda harakat qilganmiz. Bu bosqichga qadar katta kuch sarflandi. Avvalo, oldingi o‘yinlarda sarflangan energiyalarimizni jamlash borasida ishlayapmiz. Mening tajribamga keladigan bo‘lsak, yigitlarga nima kerak bo‘lsa shuni berishga harakat qilyapman. Futbolchilarni jismonan va ruhan tayyorgarlik borasida ko‘nikmalar berildi. Ertgangi o‘yinda buning natijasini tekshirib olamiz".

O‘yin strategiyasini o‘zgartirasizmi?

"Yigitlarda o‘yinga bo‘lgan ma’suliyatli munosabat saqlanib qolishi kerak. Bugun kun davomida tarkib tanlash bilan bandmiz. O‘zimizning kuchli va kuchsiz taraflarini inobatga olgan holda tarkib tanlaymiz".

Guruh bosqichida Iroqqa qarshi o‘yin bo‘lgandi. O‘sha bahs sizga ertangi finalda qanchalik yordam beradi?

"U o‘yinni esdan chiqarish kerak deb o‘ylayman. Ertaga mutlaqo o‘zgacha bahs bo‘ladi. Shu sababli biz faqat g‘alabani o‘ylashimiz lozim. Iroqning o‘yinlari bizga ma’lum va shunga yarasha choralar ko‘rganmiz".

Sovuqqonlik borasida jamoada muammolar bor. So‘nggi nuqtani qo‘yishda nimalar qilinmoqda?

"Bizda kamchiliklar borligini inkor qila olmayman. Bu ustida ancha mehnat qildik va qilinmoqda. Gol urish borasida nafaqat ertangi finalga, balki Jahon chempionatigacha ham ishlashimiz lozim. Hujumchilar bilan bugun va ertaga nima qilish borasida kelishimlarga kelamiz".

Ikkita bahsda penaltilar seriyasida g‘olib chiqildi. Ertaga ham stadion to‘ladi. Muxlislar qarshisida qanchalik sovuqqonlik bilan harakat qila olasiz?

"Bu narsa bizda faqatgina ijobiy taassurot qoldirmoqda. Nima ham derdim, yigitlar faqatgina borini bersagina, natijaga erishish mumkin. Biz xalqimiz uchun ham ertaga g‘alabaga erishishimiz lozim".

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Iroq yoshlari istohi Emat Muhammad ishtiroye etdi va fiklari bilan bӯlishdi.

Sovringa qadar sizlarda ham bir qadam bor. Nimalar his qilyapsiz?

"Assalomu alaykum. Biz raqibni jiddiy kuzatdik. Ha, ertaga bizni katta bosim kutmoqda. Ammo buni yengishimiz kerak. Jahon chempionatiga Osiyo chempioni sifatida borishni istaymiz. Har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgamiz. Ertaga eng jiddiy sinov kutadi".

Turnir davomida nimalarni o‘rgandingiz?

"Biz barcha bahslardan o‘zimizga yarasha darslar oldik. O‘zbekiston biz uchun eng murakkab raqib edi. Raqib tahlil qilinishi kerak. Biz esa buni qildik. Endi esa buni ishga solishimiz shart".

Ertangi bahs uchun imkoniyatlaringizni qanday baholagan bo‘lardingiz?

"Biz har qanday o‘yinda faqat g‘alabaga harakat qilganmiz. Bu esa oson emas. Ertangi raqib muxlislari qarshisida harakat qiladi. Suriya va Yaponiya bilan o‘yinlarda biz buni deyarli sezmagan edik. Ammo finalda hammasi boshqacha bo‘ladi. Bunga tayyor bo‘lishimiz lozim".

O‘zbekiston bilan guruh bahsidagi o‘yinda gol ura olmadingiz. Nima deb o‘ylaysiz, final uchun hujum chizig‘ida o‘zgarish qilish kerakmi?

"Aslini olganda, jamoamizda katta o‘zgarish qilishimiz shart emas. Chunki hujumkor tarkibni maydonga tashlaymiz. Ayniqsa, hujumchilarni almashtirish, biz uchun ancha murakkab. Ammo kerak bo‘lganida almashtirishlarni qilamiz. Futbolchilar uchun jangovarlik ruhi doimo kerak. Finallar har doim qiyin kechgan. O‘zbekiston bilan bu yurtda o‘ynash esa bizga ikki barobar bosim yuklaydi. Ertaga nima bo‘lishini ko‘ramiz".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 17.03.2023.
O'qildi: 3741 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.