Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Aleksandr Xomyakov: «Bunday natijani kutmagandim, muxlislardan uzr so‘rayman»

Aleksandr Xomyakov: «Bunday natijani kutmagandim, muxlislardan uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Bunyodkor”ni qabul qilib o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta gol o‘tkazib yubordi va ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini tan oldi.

“Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mazkur mag‘lubiyat xususida atroflicha gapirdi.

"Ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qildik. Ammo, afsuski, hammasi o‘xshamadi. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshmagani uchun asablarimizni ham jilovlay olmay qoldik. Yakunda mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘zimizning zo‘r tomonlarimizni ko‘rsatishni xohlagandik.

To‘g‘ri, yo‘l bosib kelgan muxlislarimizni g‘alaba bilan quvontirishni niyat qilgandik. Lekin yana takrorlayman: rejalarimiz amalga oshmagani asabiylashishimizga sabab bo‘ldi. Hujumdagi ishlarimiz ham ko‘ngildagidek chiqmadi. Hujumda tajovuzkor bo‘lishga harakat qildik. Lekin aksiga olib bir qancha o‘yinchilarimizning ayrim sabablarga ko‘ra maydonga tusha olmagani bizga pand berdi. O‘yinni nazorat qila olmadik. Superligadagi bahslarda qatnashish borasida qator futbolchilarimizda tajribaning kamligi ham mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi, deb hisoblayman.

Aytishim kerakki, himoyadan hujumga o‘tishda juda bo‘sh o‘yin ko‘rsatdik. Aynan shu jihat ham raqibga qo‘l keldi. Mening nazarimda bizga hammasidan ham ko‘ra mahorat yetishmadi. Aynan tajribaning kamligi uchrashuv taqdirini hal qilishda  asosiy rolni o‘ynadi. Shu sababdan ham uchrashuvda qayd etilgan natijani haqqoniy deb hisoblayman. To‘g‘ri, birinchi goldan so‘ng o‘zimizni tiklashga va yanada ochilib o‘ynashga harakat qildik. Yuqorida aytib o‘tganimdek, hujumdagi ishlarimiz sira qovushmadi. Albatta, bunday natijani kutmagandim. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman.

To‘g‘ri, bir vaziyatda Shahboz Erkinov bosh bilan to‘pga yaxshi zarba bergandi. Lekin bu gol bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgani yo‘q. Qatorasiga ikki o‘yinda raqiblar darvozasiga gol ura olmayotganimiz ham yigitlarimizning o‘yiniga ta’sir o‘tkazmasdan qolmayapti. Biz uzun paslar yordamida o‘ynashga harakat qilyapmiz. Lekin bu kutilgan darajada bizga foyda keltirayotgani yo‘q. Uchrashuvning ko‘p jabhasida “Bunyodkor”ga imkoniyatni boy berganimizni aytib o‘tishim kerak. Ular qarshi hujumga tez o‘tishib, bizni ancha shoshirib qo‘yishdi. Men raqibning g‘alabasini haqqoniy deb bilaman. Chunki raqibdan farqli ravishda biz o‘yin davomida sustkashlik bilan harakat qildik. Himoyadan hujumga o‘tishda va hujumdan himoyaga qaytishda juda bo‘sh harakatlandik. Bir so‘z bilan aytganda, bugun raqibga qarshi hech narsani qo‘ya olmadik.

Biroz boshqacha futbol namoyish etishni istagandik. Bugun nominal mezbon sifatida to‘p surganimiz bois ikki hujumchi bilan o‘ynadik. Ammo yuqorida aytib o‘tgan sabablarga ko‘ra, o‘yinimiz sira qovushgani yo‘q. Ha, Sohibjonov o‘yinga yomon qo‘shilmadi, buni tan olishim kerak. Biroq 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotganimiz bois vaziyatni o‘nglash uchun bizda deyarli xavfli holatlar yuzaga kelgani yo‘q. To‘pni ko‘proq qanotlardan oshirishga harakat qildik. Ammo bu ham ko‘zlangan darajada foyda keltirmadi.

Keyingi uchrashuvdagi raqib – “Olimpik” ham ancha tezkor o‘yin namoyish etadi. Albatta, imkoniyatdan kelib chiqqan holda tarkibda rotasiya bo‘lishi tayin. Lekin buning uchun bugungi bellashuvni obdon tahlil qilib chiqishimiz kerak bo‘ladi. Biz bugun chindan ham bo‘sh o‘ynadik. Ushbu bahs o‘yinimizdagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatib berdi, deb hisoblayman. “Olimpik” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish anosida bugungi o‘yindagi kamchiliklarimizni chuqur tahlil qilib chiqishimiz va navbatdagi uchrashuvda xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka intilishimiz kerak. Endi biroz qisqa tanaffusga yo‘l olyapmiz va hammasini o‘ylab olish uchun bizda imkoniyat hamda vaqt yetarli.

“Bunyodkor” va “Neftchi” klublari haqida ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin. “Neftchi” ham munosib jamoa. “Bunyodkor”ning ustunligi shundaki, unda 3-4 nafar tezkor futbolchilari bor. Shuning evaziga bu klub raqiblarini shoshirib qo‘ya oladi.

Superliga darajasimi? So‘zim boshida aytganimdek, tarkibimizdagi bir qator futbolchilarimizga Superliga uchrashuvlarida maydonga tushish borasida tajriba yetishmasligi ham pand berib qo‘ymoqda. Tabiiyki, buning sababi pro liga bilan Superliga o‘rtasidagi darajada. Superliga o‘z nomi bilan Superligadir. Unda raqiblar ancha ildam harakat qilishadi. O‘zingiz ko‘rdingiz, bugun hujumlarimizni ancha sekinlik bilan amalga oshirdik. Endi bu jihatga barham berishimiz kerak", — dedi Xomyakov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:42, 19.03.2023.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.