Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zPFL rahbari va CAFA bosh kotibi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zPFL rahbari va CAFA bosh kotibi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) bosh kotibi Ulug‘bek Karimov hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev U20 Osiyo kubogining final uchrashuvi arafasida uchrashuv o‘tkazdi.

CAFA bosh kotibi 17-mart kuni Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor” markaziy uchrashuvini stadionda kuzatdi. 18-mart kuni esa Liga ofisiga tashrif buyurdi. Xabaringiz bor, ayni vaqtda CAFA tarixda ilk bor o‘ziga a’zo assosiasiyalarning milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilish ishlari bilan band. Reja amalga oshsa, mazkur musobaqada 8 mamlakat milliy terma jamoalari ishtirok etishi katta ehtimol.

O‘zPFL esa Markaziy Osiyo mamlakatlari professional futbol ligalari bilan hamkorlikda futbol klublari ishtirok etadigan musobaqa sari bosqichma-bosqich yaqinlashishni rejalashtirgan. Avvalroq Liga bu rejasini OFK tomonidan tashkil etilgan Elit klublar musobaqalari ishchi guruhining yig‘ilishida ham ma’lum qilgandi. Endilikda bu g‘oyani CAFA ham qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Liga kubogi yuzasidan mart oyi avvalida Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol ligalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, 2022 yilning iyulida O‘zPFL vakillari Tojikistonning Dushanbe shahrida Tojikiston ligasi vakillari bilan ham maslahatlashuv o‘tkazgandi. Musobaqa tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tez orada o‘zining dastlabki konkret taklifini Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston ligalariga taqdim etadi. Boshlanishiga klublar ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilishi, keyinchalik u rasmiy musobaqaga aylanib borishi ko‘zda tutilgan.

O‘z navbatida Liga CAFA tashkil etishni rejalashtirayotgan milliy terma jamoalar ishtirokidagi musobaqani o‘tkazish yuzasidan barcha yordamga tayyor ekanligini bildirdi. Ayni vaqtda O‘zbekistondagi stadionlar bunday masshtabdagi musobaqalarni o‘tkazish talablariga to‘la javob beradi. Qolaversa, milliy terma jamoaning O‘zbekistondagi uchrashuvlarini futbol muxlislari ham sog‘ingan.

Ishonamizki, 2023 yil CAFA a’zo mamlakatlari hamda Markaziy Osiyo futbol ligalarining o‘zaro hamkorligi yangi bosqichga chiqqan mavsum sifatida tarixda qoladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 20:09, 19.03.2023.
O'qildi: 1426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик