Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Liverpul" bor e’tiborini Mauntga qaratadi

"Liverpul" bor e’tiborini Mauntga qaratadi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini "Real" yoki "Manchester Siti"da davom ettiradi, deb xabar beradi The Athletic.

Nashrning yozishicha, "Liverpul" futbolchi uchun kurashni tark etgan, chunki ular raqiblar bilan moliyaviy jihatdan raqobatlashishga tayyor emas.

"Liverpul" "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntni sotib olishga e’tibor qaratmoqchi.

19 yoshli Bellingem joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 110 million yevroga baholanmoqda.

24 yoshli Maunt “Chelsi” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 65 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:10, 20.03.2023.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик