"Arsenal" hujumchisi Bukayo Saka APL doirasidagi "Kristal Pelas" bilan o‘yinda gol urdi va golli uztma amalga oshirdi. Bu orqali u joriy mavsumda 10+10 natijasini qayd etdi.
Saka "kanonirlar" tarkibida bu natijaga erishgan eng yosh futbolchi bo‘lib oldi. Oldinroq Sesk Fabregas 22 yoshida 10+10 natijasini qayd etgan edi, Bukayo hozirda 21 yoshda.