Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 22:30 Piza - Bolonya

«Barsa» chempionlik sari katta qadam tashladi

«Barsa» chempionlik sari katta qadam tashladi

Baho:
+ | -

«Barsa» va «Real Madrid» kecha ajoyib o‘yin namoyish etishdi - kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Oxirgi o‘yindan farqli o‘laroq, Xavi jamoasi imkon qadar atipik, yopiq va o‘z uslubini qo‘llashga urinmay o‘ynadi va «Kamp Nou»da hammasi butunlay boshqacha ko‘rinish oldi. Jamoa birinchi daqiqalardan hujumga o‘tdi.

«Barsa» hujum qildi, ammo Madrid klubi birinchi bo‘lib darvozani ishg‘ol qildi: 10-daqiqada Vinisius jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, kuchli zarba berdi - Ronald Arauxo orqali rekashet hosil qilgan to‘p darvozadan joy oldi. Mezbonlarning bosimi birinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida ishladi: Rafinyaning sa’y-harakatlari orqali Serxi Roberto hisobni tenglashtirdi. «Barsa» ancha o‘tkirroq ko‘rindi, to‘pni nazorat qildi va ertaroq gol urishi mumkin edi, ammo Rafinya va Robert Levandovski Tibo Kurtuani yorib o‘ta olishmadi. O‘yin oxirida Asensio «Real Madrid»ni oldinga olib chiqqandek bo‘ldi - ammo ofsayd sabab gol bekor qilindi.

Ammo «Barsa» 92-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi: Kessie qahramonga aylandi. «Barsa» 2018 yildan beri ilk bor «Kamp Nou»dagi «klassiko»da g‘alaba qozondi.

Jamoa bunga loyiq edi

• Xavi uchun uy «klasiko»si muvaffaqiyatli o‘tdi. Ammo «Barsa» 2018 yildan beri «Kamp Nou»da Madrid klubini 5 yil davomida mag‘lub eta olmadi. Umuman olganda, Xavi Anchelottiga qarshi yaxshi o‘ynaydi: u oltita o‘yindan to‘rttasida muvaffaqiyat qozondi, ammo italiyalik murabbiy «klasiko» bilan do‘st emas: u La Ligada so‘nggi sakkizta o‘yinning beshtasida mag‘lub bo‘ldi, nafaqat Xavi, balki Luis Enrike va Xerardo Martinoga qarshi bahslarda ham.

• «Barselona» ketma-ket uchinchi «klassiko»ni yutdi. Yanvar oyida Ispaniya Superkubogi finalida g‘alaba qozongan jamoa (3:1), keyin mart oyi boshida kubok yarim finalining birinchi o‘yinida (1:0) raqibini taslim etdi. Endi esa La Ligada g‘alaba qozonildi. Ammo kuzda, jahon chempionati oldidan «Real» juda ishonchli g‘alaba qozongan edi.

• «Barsa» endi «klasiko»da roppa-rosa 100 ta g‘alabaga ega. Madridliklar esa 102 ta. To‘plar farqi 5 ta: 420 ga 415. Yana 51 ta durang.

• «Barsa» Ispaniya klublari ustidan 11 o‘yinda 10 ta g‘alaba qozondi. Birgina «Almeriya» –turnir jadvalining quyi qismidagi jamoa «Barsa»dan uch ochko olgan. 2023 yilda kataloniyaliklar chempionatda bitta ham durang o‘ynamagan.

• Kessie La Ligadagi ilk golini urdi va 91-daqiqada bu ishni bajarib, 2017 yilgi «klassiko»da Messining eng kech urgan goliga yaqinlashdi. 

• Arauxoning avtogoli Superkubokda avtogol urgan Pikening 2017 yildagi natijasidan beri «klasiko»dagi birinchi gol bo‘ldi. La Liga uchun esa bu 21-asr «klasiko»sidagi birinchi avtogol! 

Chempionlik poygasi: Endi +12 farq

«Barsa» ishonchli tarzda peshqadamlik qilishda davom etmoqda: «Real» bilan 12 ochkolik farq bor. Oldinda mavsumning asosiy qismi turibdi.

Kiritildi: 22:37, 20.03.2023.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.