Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Infantino nega JCH-2030 ni 64 ta jamoagacha kengaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Infantino nega JCH-2030 ni 64 ta jamoagacha kengaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino kuni kecha jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish masalasi joriy turnir yakunlangach muhokama qilinishini ma’lum qilgan edi. Jurnalist Romen Molinaning xabar berishicha, Infantino mundialni 2030 yilda o‘tadigan navbatdagi turnirdan boshlaboq kengaytirishga harakat qiladi.

Molina muhim bir jihatni ta’kidlaydi: Infantino mundialni FIFA prezidentligiga qayta saylanish kampaniyasi doirasida kengaytirmoqchi.

«Buning uchun Infantino afrikalik futbol mutasaddilari orasidagi ittifoqchilarining qo‘llab-quvvatlovini olmoqchi. Evaziga ular Infantino yana bir qo‘shimcha muddatga lavozimida qolishi uchun ustavni o‘zgartirishga erishishadi», — deb yozdi Molina ijtimoiy tarmoqlarda.

Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimini 2016 yildan beri egallab kelmoqda.

Kiritildi: 19:42, 12.07.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик