Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar 2-4 Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya - Indoneziya
25/04 23:00 Udineze 1-2 Roma
26/04 00:00 Brayton - Manchester Siti
26/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 18:00 Inter - Torino
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jahon chempioni uchun qayg‘uli yakun

Jahon chempioni uchun qayg‘uli yakun

Baho:
+ | -

Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. "Real Madrid", "Arsenal" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi olti oy yoki bir yil oldin qilishi kerak bo‘lgan ishni qildi. 34 yoshli futbolchi o‘zining yorqin faoliyati yakunida maydondagi yutuqlaridan ko‘ra ko‘proq janjallari bilan yodda qolgan va ko‘pchilik uni allaqachon gaoliyatini yakunlagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan.

O‘zil havas qilsa arziydigan martabaga erishdi. Uning eng katta yutug‘i Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alaba edi. Bundan tashqari, Mesut “Real Madrid” bilan Ispaniya chempionligi, kubogi va superkubogini, “Arsenal” bilan esa uch marta Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Hujumkor yarim himoyachi "Verder" safida ham mamlakat kubogini yutgan.

O‘zil ko‘plab individual sovrinlarni ham to‘pladi: u Chempionlar ligasi (2010/2011 yilgi mavsum), UEFA kubogi, JCH-2010, Yevro-2012, Bundesliga, La liga va Premyer-ligada eng yaxshi assistenti bo‘lgan. U besh marta Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Mesut barcha muxlislarga haqiqiy afsona bo‘lib yodda qoladi, balki ba’zi turklardan tashqari…

O‘zil uchun Turkiyaga borish omadsizlik bo‘ldi. Umuman olganda, uning faoliyatidagi pasayish, ehtimol terma jamoani tark etganidan keyin boshlangandir.

"Arsenal"dagi so‘nggi mavsumida (2020/2021) O‘zil London klubidan sadoqat uchun 8 million funt olgani bilan esda qoladi. U umuman hech qanday turnir uchun qaydnomaga kiritilmagan edi! Mesutning shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amalda edi, ammo yanvar oyida tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi. Shunday qilib, nemis yarim himoyachisi erkin agentga aylandi. Va bir necha kundan so‘ng u “Fenerbaxche” bilan shartnoma imzoladi. O‘zil ushbu Istanbul klubida o‘ynash uning bolalikdagi orzusi ekanini tan oldi. O‘shanda "Fenerbaxche" 520 mln yevro qarzi bilan yomon moliyaviy ahvolda edi, ammo shunga qaramay O‘zilga katta maosh taklif qildi (uch yarim yilga 15 mln yevro).

Mesut “Fenerbaxche”da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Dastlabki olti oyda yarim himoyachi 11 uchrashuvda atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Keyingi mavsum o‘yin ko‘rsatkichi bo‘yicha yaxshiroq bo‘ldi (26 o‘yinda 9+2), ammo O‘zil baribir umidlarni oqlay olmadi.

2021 yilning sentyabrida O‘zil "Fenerbaxche"dagi o‘rnidan norozi va klubini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. O‘yinlardan birida u ikkinchi bo‘limda maydonga tushmasligini bilgach, bosh murabbiyi Vitor Pereyra bilan tortishib qoldi. 2022 yilning mart oyida esa Mesut Pereyraning o‘rniga kelgan Ismoil Kartal tomonidan jamoadan chetlatildi.

O‘sha yili yozda u 1+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolab, erkin agent sifatida “Istanbul Bashakshexir”ga ketdi.

Lekin Istanbulga aslida O‘zil kerak emas edi. Avvaliga germaniyalik yarim himoyachi formaga kirishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi va sentyabrdan yanvargacha yana bir bel jarohatini da’voladi. Mesut yangi jamoada bor yo‘g‘i yettita, asosiy tarkibda esa atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi. O‘zil uchun so‘nggi bahs Turkiya chempionatining “Kayserispor”ga (0:1) qarshi o‘yinining tanaffusdagi almashtirilishi bo‘ldi. Muxlislar Mesutni o‘yin saviyasi pastligi uchun tanqid qilishdi va ertasi kuni u shunchaki mashg‘ulotlarga kelmadi.

O‘zil nihoyat tushundi va shartnomani buzdi. Bu sodir bo‘lganligi juda achinarli, chunki Mesut, shubhasiz, yorqin karerasining chiroyli yakuniga loyiq edi.

Kiritildi: 17:39, 22.03.2023.
O'qildi: 4975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.