Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Surxon»ning rossiyalik legioneri o‘zbek futboli haqida ijobiy fikr bildirdi

«Surxon»ning rossiyalik legioneri o‘zbek futboli haqida ijobiy fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Surxon"ning rossiyalik yarim himoyachisi Tamirlan Jamalutdinov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Tamirlan, «Turon»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida gapirib bersangiz...
— Raqib — juda kuchli jamoa. Autlari va burchak zarbalari evaziga ular birinchi taymda bizni bir muddat ortda qoldirishdi. Qo‘shimcha qilish kerakki, har bir tur o‘tgan sari o‘yinimiz yaxshilanib boryapti. Biz ko‘p imkoniyatlarni tashkil qildik, chiroyli kombinasiyalar uyushtirdik. Golimizni kech kiritdik. Agar oldinroq gol urganimizda, g‘alaba uchun kurash olib borishimiz mumkin edi. Lekin raqibda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. O‘yin teng bo‘ldi. Biz g‘alaba qozonishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Har holda kuchli raqibdan mehmonda 1 ochko ishlab oldik. Bu ham yomon natija emas.

— Ko‘pchilik ikkinchi bo‘limda «Surxon» yaxshiroq o‘ynay boshlaganini ta’kidlamoqda. Tanaffusda murabbiylar shtabi futbolchilarga nima dedi?
— Ha, ikkinchi bo‘limda faollashdik. Biz 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Bunga qaramasdan g‘alaba qozonishni istardik. Murabbiylar shtabi bizga ko‘proq hujum qilish kerakligini aytishdi. Bizdan tajovuzkorroq o‘ynashni so‘rashdi. Mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan ishlanmalardan foydalandik. Katta xohish tufayli xarakter ko‘rsatdik va tabloda durang qayt etildi.

— «Turon»ga qarshi o‘yin kunida Shohjahon Sultonmurodovning tug‘ilgan kuni bo‘ldi. Jamoa uni qanday tabrikladi?
— Albatta, biz uni g‘alaba bilan tabriklamoqchi edik. Lekin shuni aytish kerakki, jamoa uni chin dildan tabriklab, eng yaxshi tilaklarini izhor etdi.

— Tamirlan, O‘zbekiston futboli haqidagi ilk taassurotlaringiz qanday?
— Taassurotlar ijobiy. Maydonlarning sifati yoqdi menga. O‘zbekistonda insonlar futbolni sevishini ko‘rish mumkin. 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida g‘alaba qozondi, bu esa o‘zbek futboliga qiziqish uyg‘otmoqda. Superliganing saviyasi ham yaxshi. Hamma hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilmoqda. Ko‘p texnik va tezkor futbolchilarni ko‘rdim.

— Bu yil «Surxon» muxlislari jamoadan nimani kutishlari kerak?
— Biz har bir o‘yinda qo‘limizdan kelganini harakat qilamiz va har bir o‘yinda maksimal ochkolarni qo‘lga kiritamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 19:50, 22.03.2023.
O'qildi: 2519 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.