Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbekiston futzalini to‘liq qamrab oladigan raqamli platforma ishga tushirildi

O‘zbekiston futzalini to‘liq qamrab oladigan raqamli platforma ishga tushirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.

Uning birinchi mevasi sifatida O‘zbekiston futzalini to‘liq qamrab olishi ko‘zda tutilgan www.futsal.uz raqamli platforma ishga tushirildi.

Raqamli platforma futzalchilar portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beradi hamda ularning karyera bo‘ylab o‘sishiga hissa qo‘shadi. Shundan kelib chiqib, transferlar masalasida skautlar uchun yaxshigina qulaylik berishi rejalashtirilayotgan kontentdan nafaqat tashrif buyuruvchilar, balki sportchilarning o‘zi ham manfaatdor deyishimiz mumkin.

Endilikda mamlakat futzalining Oliy va Birinchi ligasi, kubogi, Superkubogi, U-18 chempionati kabi musobaqalar mazkur platformada to‘liq yoritib boriladi. Platforma, shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi yig‘inlar, o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarni ham o‘zida aks ettiradi. Qo‘shimchasiga, havaskorlar futzali musobaqalari sekin-asta undan o‘rin oladi.

«Liga ham futbol, ham futzal musobaqalarini o‘tkazib keladi. Mohiyati yaqin bo‘lsada, ular aslida boshqa-boqsha sport turlari. Shundan kelib chiqib, bizda futzal uchun mustaqil saytni ishga tushirish zaruriyati mavjud edi. Va nihoyat bunga erisha olganimizdan xursandmiz. Ishonamanki, sayt yaqin kelajakda o‘zbek futzalining asosiy axborot manbaiga aylanadi».

Diyor Imomxo‘jayev, O‘zPFL bosh direktori

Hozirga qadar futzal chempionatining 2022/23 yilgi mavsumining ortda qolgan turlari qaydnomalari saytga to‘liq kiritilgan. Endilikda Birinchi liga musobaqasi qaydnomalarini unga yuklash ishlari olib borilmoqda. Tashrif buyuruvchilar taqvim, jadval, statistika, rasm hamda videolarni zamonaviy interfeys bilan kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Kelishuv asosida platformaning mobil telefonlar uchun ilovalari ham ishga tushirilgan bo‘lib, smartfon turiga qarab mazkur ilovalarni bemalol yuklab olishingiz mumkin. Bu sizga o‘zbek futzali bilan bog‘liq barcha jarayonlarni sifatli kontentda kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi.

«Liga bilan futzalni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam tashladik. O‘zbekistonda professional va havaskorlar futzalini bir tizimga tushirish oliy maqsadimiz hisoblanadi. Liga bugunga kelib professional futzalni bir maromga olib keldi, endi esa uni havaskorlar futzali bilan uyg‘unlashtirish, ma’lumotlar olish bazasini rivojlantirish kabi muhim vazifa turibdi. Bunga erisha olishimizga ishonaman».

Nodir Alibekov, HFRM asoschisi

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:45, 25.03.2023.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик