“Roma” hujumchisi Paulo Dibala yozda A Seriya klubini tark etishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, agar klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘z lavozimini tark etmasa, futbolchi Rim jamoasini tark etadi. “Roma” Chempionlar ligasiga chiqa olmasa ham, u jamoasini ham o‘zgartirishi mumkin.
Xabar qilinishicha, futbolchiga “Inter” faol qiziqish bildirmoqda. Dibalaning "Roma" bilan shartnomasida tovon puli 12 million yevroni tashkil etadi.