Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/05 01:00 O‘zbekiston 2-0 Gvatemala
27/05 01:00 Yangi Zelandiya 0-5 Argentina
27/05 16:00 Ximki 0-3 Ural
27/05 18:00 Salernitana 3-2 Udineze
27/05 18:00 Spesiya 0-4 Torino
27/05 18:30 Torpedo 1-3 Orenburg
27/05 20:00 Andijon 2-1 Turon
27/05 20:00 Metallurg 1-1 Bunyodkor
27/05 21:00 Fiorentina 2-1 Roma
27/05 21:00 Krasnodar 0-0 SSKA
27/05 21:00 Sochi 1-1 Zenit
27/05 22:00 Sevilya 1-2 Real Madrid
27/05 23:00 Braziliya 2-0 Nigeriya
27/05 23:00 Dominikan 0-3 Italiya
27/05 23:45 Inter 3-2 Atalanta
28/05 01:00 Kolumbiya 1-1 Senegal
28/05 01:00 Yaponiya 1-2 Isroil
28/05 15:30 Verona - Empoli
28/05 16:00 Spartak - Nijniy Novgorod
28/05 18:00 Bolonya - Napoli
28/05 18:00 Monsa - Lechche
28/05 18:30 Fakel - Krilya Sovetov
28/05 18:30 Dinamo Moskva - Lokomotiv
28/05 20:00 Navbahor - Olimpik
28/05 20:00 So‘g‘diyona - Nasaf
28/05 20:30 Arsenal - Vulverhempton
28/05 20:30 Aston Villa - Brayton
28/05 20:30 Brentford - Manchester Siti
28/05 20:30 Chelsi - Nyukasl
28/05 20:30 Kristal Pelas - Nottingem Forest
28/05 20:30 Everton - Bornmut
28/05 20:30 Lids - Tottenhem
28/05 20:30 Lester - Vest Xem
28/05 20:30 Man. Yunayted - Fulhem
28/05 20:30 Sautgempton - Liverpul
28/05 21:00 Rostov - Ahmat
28/05 21:00 Lasio - Cremonese
28/05 22:00 Valensiya - Espanyol
28/05 22:00 Jirona - Betis
28/05 22:00 Almeriya - Valyadolid
28/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
28/05 22:00 Kadis - Selta
28/05 22:00 Xetafe - Osasuna
28/05 22:00 Barselona - Malyorka
28/05 22:00 Atletiko - Real Sosyedad
28/05 22:00 Atletik Bilbao - Elche
28/05 23:00 Iroq - Angliya
28/05 23:00 Tunis - Urugvay
28/05 23:45 Yuventus - Milan
29/05 01:00 Gonduras - Fransiya
29/05 01:00 Janubiy Koreya - Gambiya
29/05 20:00 Paxtakor - Surxon

Benzemaning “Real”dagi izdoshi kim bo‘ladi?

Benzemaning “Real”dagi izdoshi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Har mavsum o‘tgan sayin yangi hujumchi topish mavzusi "Real Madrid" uchun tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Karim Benzema hali ham yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin u 35 yoshda. So‘nggi paytlarda fransuz tez-tez jarohat olib, ehtiyot chorasi sifatida o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Benzema kelasi mavsumda “qaymoqranglilar” safida qolsa kerak, ammo bu "blankos"ga yangi hujumchi kerak degan haqiqatni o‘zgartirmaydi. Ispaniyaning amaldagi chempioni uchun munosib nomzodlar bor. Keling, ularni bir eslab o‘tamiz.

Kilian Mbappe (“PSJ”)

Mbappe o‘tgan yozda "Real"ga o‘tishi mumkin edi, ammo "PSJ"da qolishga qaror qildi. Kilianning qarori keng muhokama qilindi, chunki "qirollik klubi"ga o‘tish amalda hal bo‘lgan masala edi. Lekin fransiyalik futbolchi oxir-oqibat parijliklar bilan 2025 yilning iyunigacha yangi shartnoma imzoladi. Biroq, bu hali hech narsani anglatmaydi. Fransiya OAVlarining yozishicha, 24 yoshli hujumchi bir necha oy ichida klubini o‘zgartirishi mumkin. “PSJ” vakillari futbolchi bilan yana muzokara olib boradi.

Mbappening "Real" bilan tarixi yaxshi yakunlanmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres yosh hujumchining o‘tgan yilgi qarorini kechirib, uni "Bernabeu"da qabul qilishga tayyor. Bu har ikki tomon uchun ham manfaatli qaror bo‘ladi. "Qaymoqranglilar" uzoq muddatga sifatli hujumchi oladi, Kilian esa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xarri Keyn (“Tottenxem”)

Keyn doimiy ravishda "Real" bilan bog‘lanadi, ayniqsa uning "Tottenxem" bilan shartnomasi bir yarim yil davom etishini hisobga olsak. Bir necha yildirki, "shporlar"ning eng yaxshi to‘purari London klubini tark etishga yaqin kelmoqda. Ammo kelasi yozda angliyalikni transfer bozorida ko‘rish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Ajablanarlisi, Angliya terma jamoasi sardori haligacha biror sovrin yutmagan va u allaqachon 29 yoshda. “Real Madrid” qayg‘uli tendensiyani o‘zgartirish uchun to‘g‘ri variant bo‘lar edi. Keyn 9 yildan beri har mavsumda kamida 15 ta gol urmoqda. Agar u buni Premyer-ligada qilsa, La Ligada ham qila oladi. Qolaversa, “shporlar” rahbariyati futbolchi uchun kurashda “qaymoqranglilar” baribir ustunlikka ega bo‘lishi uchun o‘z shogirdini Angliyadan tashqaridagi klubga sotishni afzal ko‘rmoqda.

Viktor Osimxen (“Napoli”)

Osimxen faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Ilgari birorta mavsumda 20 ta gol urmagan bo‘lsa, hozirda A Seriyada 21 ta gol urgan. Viktor “Napoli”ning “Skudetto”ga intilayotgan asosiy o‘yinchilaridan biri, shuning uchun u boshqa klublarning e’tiborini tortmoqda. 24 yoshli hujumchiga da’vogarlar sifatida OAV faqat markaziy hujumchilar bilan muammoga duch kelganlarni aytmoqda: “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, va “Real”. "PSJ" ham bor, lekin parijliklar hujumda qanday nomlar bilan o‘ynashini hisobga olsak, bu dargumon variant.

Boshqa da’vogarlar fonida "Real Madrid" favorit hisoblanadi, chunki "qaymoqranglilar" allaqachon sovrinlarni qo‘lga kiritishga deyarli tayyor jamoaga ega. "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan muzokara qilish juda qiyin ekanligini hamma biladi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, neapolliklar nigeriyalik futbolchini 150 million yevroga baholamoqda. So‘nggi paytlarda transfer bozoriga ko‘p mablag‘ sarflamayotgan "qirollik klubi" uchun bu muammo bo‘lishi mumkin.

Alvaro Rodriges (“Kastilya”)

"Real Madrid" yangi hujumchini tekinga olishi ham mumkin. Ammo buning uchun sabr-toqatli bo‘lish kerak. Alvaro Rodriges "qaymoqranglilar"ning yoshlar jamoasida umidli futbolchi hisoblanadi. 18 yoshli hujumchi joriy mavsumda La Ligada to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Avvaliga urugvaylik yosh “Osasuna”ga qarshi bahsda maydonda bor-yo‘g‘i 2 daqiqa vaqt o‘tkazgan holda golli uzatmani amalga oshirdi. So‘ngra “Atletiko”ga qarshi derbida maydonda 13 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Rodriges haqiqatan ham uzoq muddatda Benzemaning o‘rnini bosa oladi. "Blankos" ustozi Karlo Anchelotti yigitchaga e’tibor qaratgani bejiz emas. Mutaxassis kelasi mavsumda yosh hujumchini asosiy jamoadagi o‘yinlarga jalb qilish ehtimoli yuqori bo‘lishini aytdi. Darvoqe, nafaqat yangi hujumchi uchun pul kerak bo‘lgan "qirollik klubi" uchun bu yaxshi yangilik. Ispaniya chempionlari akademiya futbolchilariga har doim ham e’tibor berib kelgan va Rodriges bu tendensiyani davom ettirishi mumkin.

Kiritildi: 07:18, 29.03.2023.
O'qildi: 5990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.