Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Messi: 700 gol taqsimoti

Messi: 700 gol taqsimoti

Baho:
+ | -

Argentinalik daho yulduz Lionel Messi «PSJ»ning fevral oyi taqvimiga kiritilgan oxirgi o‘yinida yana bir jiddiy marrani zabt etdi - klub miqyosidagi turnirlarda 700ta gol!

 U allaqachon 8-yuztalikni maydalashga ham tushdi, lekin quyidagi statistik ma’lumotlar faqat 700ta goli haqida.

TANA QISMLARI BO‘YICHA TAQSIMOT

Lionel Messi 26 fevral kuni Liga 1 25-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Marsel» - «PSJ» (0:3) o‘yinida nafaqat jamoasining 3ta golida ham qatnashdi (1ta gol va 2ta samarali uzatma), balki alohida marrani zabt etdi. Argentina milliy jamoasi sardori klub miqyosidagi faoliyatida yubiley - 700-golini Kilian Mbappe uzatmasidan so‘ng o‘ng oyog‘i bilan urdi. Umuman, Leo 100tacha golini tanasining ishlamaydigan (aniq ishlamaydiganmi?) qismlari vositasida yuzaga keltirgan. 

** Lionel 700ta gol marrasi yo‘lida jami 840ta o‘yin sarfladi. Tabiiyki, argentinalik har doim ham o‘yinning boshidan oxirigacha maydonda harakatlangan emas. Xullas, o‘rtacha hisobda aytsak, uning maydondagi har 98,4 daqiqalik vaqtiga 1ta gol to‘g‘ri keladi. 

** Ko‘pchilikni yagona gollar alohida qiziqtirsa kerak. Demak, Leoning ko‘krak qismiga to‘g‘ri kelgan gol Klublar o‘rtasidagi JCH-2009da «Estudiantes»ga qarshi kechgan o‘yinda kuzatilgan. La Liganing 2007/2008 yillar mavsumida esa, «Espanyol» darvozasiga to‘pni qo‘li bilan to‘g‘rilab qo‘ygandi. Son bilan goliga kelsak, u Ispaniya kubogi-2013/2014da «Xetafe» bilan bahsda ro‘y bergan.

** Messi 700ta gol dovoni yo‘lida 48ta o‘yinda 3ta yoki ko‘proq gol urgan. Aniqroq aytsak, 41 marta «xet-trik», 6 marta «poker» va 1 marta «penta-trik» (CHL-2011/2012da «Ba­yer» bilan o‘yinda) qayd etgan.

** Lionel hisobida «ideal xet-trik» (chap va o‘ng oyoq hamda bosh bilan gol) yo‘q. Lekin sof o‘ng oyoqqa tegishlisi bor - CHL-2014/2015da APOEL jabr ko‘rgandi.

** Messi qatorasiga 10 mavsum davomida 40ta gol marrasidan oshgan - ushbu ajoyib seriya 2009/2010 - 2018/2019 yillar mavsumlari oralig‘ida kuzatilgan.

MAYDON QISMLARI BO‘YICHA 

TAQSIMOT

700ta goldan 75tasi jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbalar mahsuli. Jarima zarbalaridan urilgan gollar soni esa 52ta. Shunchaki, qoyilmaqom! 

** Leo Messi klub futbolida 110ta penaltining 84tasidan samara chiqargan.

** Messi faoliyatida o‘yindan urilgan gol qo‘shilmagan «xet-trik» ham bor: 2019 yili «Selta»ga qarshi o‘yinda 2ta jarima zarbasi va 1ta penaltini golga aylantirgandi.

TURNIRLAR BO‘YICHA TAQSIMOT

Krishtianu Ronalduning klub futbolida urgan 700ta goli haqidagi statistik ma’lumotlarda portugaliyalik ularni qaysi liboslarda nishonlangani ham keltirilgandi. Lionel gollarini bunday taqsimlashdan ma’no yo‘q. Chunki 672ta goli «Barselona» (778ta o‘yinda) va 28tasi «PSJ» (62ta o‘yinda)ga to‘g‘ri keladi. Lekin turnirlar bo‘yicha taqsimot ancha xilma-xil. 

** Messi Yevropaning kuchli 5ta ligasida 700ta gol urgan yagona futbolchidir. Krishtianu Ronaldu esa Yevropa klub futbolidagi 701ta golidan 5tasini Portugaliya chempionatida «Sporting» uchun yuzaga keltirgan.

** Lionel - Ispaniya La Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘p­urar (474ta gol). Shuningdek, Ispaniya chempionatining eng yaxshi assistenti maqomi ham aynan Leoga tegishli (192ta). Argentinalik jumladan, La-Liga-2011/2012da 50ta gol to‘plagandi.

** Ispaniya chempionatidagi «xet-trik»lar soni bo‘yicha rekord ham Messiga tegishli (36ta). U jumladan, mavsum-2011/2012ning o‘zida 8 marta shunday natijaga erishgan.

RAQIBLAR BO‘YICHA TAQSIMOT

Tabiiyki, Messining eng «qadrdon» va «sevimli» raqiblari Ispaniyada. Birgina «Sevilya» Leodan naq 38ta gol qabul qilib olgan. Ikkinchi raqamli «o‘lja» - bu «Atletiko» (32ta gol).

  ** Messi - «El-klasiko»ning eng yaxshi to‘purari (26ta gol). Krishtianu Ronaldu va Alfredo di Stefano Ispaniya chempionatining bosh qarama-qarshiligida 18 martadan gol quvonchini tuyishgan.

** Leo Messi amaldagi klubi - «PSJ»ga qarshi kechgan 10ta o‘yinda 6ta gol urishdan tashqari, bir bora assistent­lik rolini bajargan. To‘g‘ri, argentinalik yulduz Parij jamoasi bilan bahslarda biror marta hattoki, «dubl»ga ham erishmagan.

***Messi milliy jamoalar miqyosida 100+ gol urgan ilk jahon chempioniga aylandi. Umuman olganda esa Leo Ali Daiy (109) va Ronaldudan (122) so‘ng yuzlik dovonidan o‘tgan 3-futbolchi bo‘ldi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:19, 29.03.2023.
O'qildi: 2674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.