Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 00:00 Bavariya - Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/04 00:00 Bavariya 1-0 Arsenal
18/04 00:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/04 12:00 Tojikiston 2-0 Janubiy Koreya
18/04 14:00 Eron 3-1 Afg‘oniston
18/04 16:00 Yaponiya 2-3 Qirg‘iziston
18/04 18:00 Indoneziya 1-0 Avstraliya
18/04 19:00 Kuvayt 2-1 Bahrayn
18/04 20:30 Iordaniya 1-2 Qatar
19/04 12:00 Xitoy - Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma - Tailand
19/04 18:00 BAA - Yaponiya
19/04 19:00 Iroq - O‘zbekiston
19/04 20:30 Xitoy - Janubiy Koreya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa - Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari - Yuventus
20/04 00:00 Nissa - Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao - Granada
20/04 05:00 Man. Yunayted - Nyukasl
20/04 12:00 Qirg‘iziston - Tojikiston
20/04 14:00 Afg‘oniston - Kuvayt
20/04 16:00 Janubiy Koreya - Yaponiya
20/04 17:00 Selta - Las-Palmas
20/04 18:00 Malayziya - Vyetnam
20/04 19:00 Luton - Brentford
20/04 19:00 Sheffild Yunayted - Byornli
20/04 19:00 Bahrayn - Eron
20/04 19:15 Rayo Valyekano - Osasuna
20/04 20:00 Nant - Renn
20/04 20:30 Kuvayt - O‘zbekiston
20/04 21:00 Empoli - Napoli
20/04 21:30 Valensiya - Betis
20/04 23:30 Vulverhempton - Arsenal
20/04 23:45 Verona - Udineze
21/04 00:00 Lans - Klermon
21/04 00:00 Jirona - Kadis

"Manchester Yunayted"ning hujum uchun yozdagi nishonlari kimlar bo‘ladi?

"Manchester Yunayted"ning hujum uchun yozdagi nishonlari kimlar bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"MYU" kelayotgan yozda yangi markaziy hujumchi sotib olishni istaydi. Bu hech kimga sir emas. Klub Erik ten Xag qo‘l-ostida ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Ammo jamoa Krishtianu Ronaldu ketganidan beri markaziy hujumchi borasida muammolarga duch kelmoqda. Quyida "Manchester Yunayted" tomonidan nishonga olingan hujumchilar borasida so‘z boradi.

Xarri Keyn – "Tottenxem"

Keynning Londondagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Shunday bir paytda hujumchi atrofida ko‘plab mish-mishlar kezib yuribdi. "Tottenxem"ning omadsizliklari fonida, go‘yoki, hammasi Xarri Keynning jamoadan ketishiga qarab yo‘nalgandek tuyulmoqda. "MYU" Keynni kecha yoki bugun kuzatishni boshlamagan. Klub u uchun uzoq vaqtdan beri kurashib keladi. Ten Xag jamoasi uchun Xarri Keyn aynan mos tushgan bo‘lardi. 29 yoshli futbolchi bu mavsumda APL doirasida 21 ta gol urishga erishdi. "Tottenxem" esa Keynni olib qolishga harakat qilmoqda.

Viktor Osimxen – "Napoli"

"Napoli" hujumchisi o‘ta kuchli o‘yin namoyish etmoqda. Tabiiyki, katta klublar bunday holatda o‘z e’tiborini Osimxenga qaratgan. Nigeriyalik futbolchi 21 ta gol bilan A seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Osimxen mavsum davomida 5.1 xG ko‘rsatkichiga ega edi. Bu esa uni Keyn va Xolanddan keyingi o‘ringa qo‘yadi. "Manchester Yunayted" yosh hujumchiga ega bo‘lishi uchun ancha harakat qilishi kerak.

Gonsalu Ramush – "Benfika"

21 yoshli hujumchi Jahon chempionatida Shveysariya terma jamoasiga qarshi urgan xet-trik gollaridan keyin yulduzga aylangandi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi bu mavsumda "Benfika" safida ham fantastik o‘yin namoyish etmoqda. Ramushning hisobida 24 ta gol mavjud. Shunday bir paytda hujumchi "Benfika"da baxtli emas. Negaki, klub uning xizmatlariga yarasha haq to‘lamayapti. "Qizil iblislar" bu vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin.

Randal Kolo Muani – "Ayntraxt"

Kolo Muani joriy mavsumning Bundesligadagi eng sermahsul futbolchisiga aylangan. 24 yoshli vinger jamoasi safida 10 tadan ortiq gol va assistga mualliflik qilgan. Xabarlarda qayd etilishicha, nemis klubi Kolo Muani uchun 120 million yevro talab qiladi. "MYU"ga esa fransuz hujumchisi ham yaxshi variantlardan biridir.

Markus Tyuram – "Myunxengladbax"

Fransuz hujumchisi yozda erkin agentga aylanadi. Bu mavsumda Tyuram 15 ta gol va bir nechta assistga mualliflik qildi. "Manchesrer Evening News" nashri Tyuramga da’vogarlar ichida "Manchester Yunayted" ham borligini aytadi. Ammo "Milan", "PSJ", "Chelsi" va "Atletiko" bu yo‘lda ten Xag jamoasiga raqib bo‘ladi.

Dushan Vlaxovich — "Yuventus"

"Yuventus"da tuganmasdek tuyulayotgan muammolar fonida, yozda bir nechta katta nomlar jamoadan ketishi mumkin. Ular ichida Vlaxovich ham bor. "Calciomercato" bergan ma’lumotlarda serbiyalik hujumchi uchun "MYU" da’vogarlik qilishi aytilgan. Vlaxovich "Yuventus" safida joriy mavsum davomida 11 ta gol urdi va bu, jamoadagi eng yaxshi natijadir.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:37, 29.03.2023.
O'qildi: 3637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.