Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevropaning kuchli chempionatlarida 2023 yil davomida eng yaxshi assist egalari kim bo‘lib turibdi?

Yevropaning kuchli chempionatlarida 2023 yil davomida eng yaxshi assist egalari kim bo‘lib turibdi?

Baho:
+-1 | -

Biz futbol dunyosida 2023 yilni juda ham qizg‘in boshlagan edik. Statistikalarga har narsa kiritiladi. Ammo odamlar eng avvalo gol va unga assistent futbolchilarni ko‘p eslashadi. Bugun biz aynan assist egalari haqida so‘z yuritmoqchimiz. Joriy kalendar yilida assistentik borasida kimlar yetakchilik qilayotganini tez orada bilib olasiz. Kutilganidek, ro‘yxatimizda bir qancha yulduzli nomlar bor.

Top-assistentlar orasida, masalan, Trossardni ajratib ko‘rsatish mumkin. Belgiyalik hujumchi "Arsenal"ga yo‘l olgan edi. U Shimoliy Londonda boshqa darajaga ko‘tarila oldi. Xususan, Leo 2023 yilda 6 ta assistga mualliflik qildi. Ular ichida "Fulxem"ga qarshi birinchi bo‘limdagi xet-trikni alohida ta’kidlash lozim. Bu haqida "Arsenal" ustozi Mikel Arteta shunday degan edi: "Gap sovuqqonlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish haqida borganida, Trossardni eng oldingi o‘rinlarga qo‘yaman. Uning harakatlarida futbol mentaliteti sezilib turadi. U shunchalik aqlliki, nima xohlayotganimizni juda tez anglaydi. Leo o‘zidan nima talab qilinayotganini yaxshi biladi. Shunga yarasha, ijroni ham maromiga yetkazib bajaradi".

APLning yana bir yulduzi bo‘lgan Brunu Fernandesh o‘zining ijodiy harakat qilish darajasini tikladi. Yarim himoyachining sermahsulligi o‘tgan mavsumda ancha ortga ketgandi. Joriy davrda esa Fernandesh Erik ten Xag jamoasining muhim bo‘g‘iniga aylanib ulgurdi. Masalan, u APL o‘yinlarida 71 ta muhim uzatmalarni amalga oshirdi. Bu boshqa har qanday futbolchining natijasidan kamida 44 taga ko‘pdir. Portugaliya terma jamoasi a’zosi ijodkorlik bilan birga gollar urishni ham yaxshi ko‘radi. Uning hisobida hozirga qadar 10 ta gol mavjud.

Xvicha Kvarasxeliya ushbu ro‘yxatdan joy olgan yana bir yorqin yulduzdir. Uning bu yerdaligi – normal hol. Negaki, gruziyalik hujumchining jamoasi A seriyani yondirmoqda. "Napoli"da u va Osimxen yuqori darajaga ko‘tarildi. 22 yoshli futbolchi YECHLda ham porlay oldi. Hali bu yakun emasligini ham eslatib o‘tish kerak.
Yana bir katta nomlardan biri Paulo Dibaladir. U Jahon chempionatidan beri "Roma"da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Pleymeykerda 2023 yil kirib kelganidan beri 6 ta assist mavjud.
"Borussiya Dortmund" yulduzi Rafael Gerreyro 8 ta assist bilan 2023 yilgi top-assistentlar safida yetakchilik qilmoqda. Portugaliyalik himoyachi o‘z jamoasida juda ham foydali sanaladi.
Quyidagi ro‘yxatda 2023 yil davomida (barcha musobaqalarda) eng ko‘p assistent bo‘lgan futbolchilar keltiriladi.

1. Rafael Gerreyro – 8 ta
2. Xvicha Kvarasxeliya – 7 ta
3. Dominiko Berardi – 6 ta
4. Paulo Dibala – 6 ta
5. Florian Virs – 6 ta
6. Leandro Trossard – 6 ta
7. Jeremi Frimpong – 6 ta
8. Brunu Fernandesh – 6 ta
9. Andrea Petanya – 5 ta
10. Yeremi Boga – 5 ta

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 23:23, 29.03.2023.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.