Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gennadiy Kochnev: "Qo‘pol xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik"

Gennadiy Kochnev: "Qo‘pol xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik"

Baho:
+ | -

Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "G‘ijduvon" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Umuman aytganda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yakuniy natija o‘zimizning qo‘pol xatolarimiz evaziga yuzaga keldi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz yaxshi edi, ammo keyinroq vaziyat o‘zgarib ketdi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik va gol o‘tkazib yubordik.

"Mash’al" ikkinchi bo‘limda ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldi. O‘yindan oldin har ikki jamoada ham ochko yo‘q edi. Bugun muborakliklar g‘alabaga erishib, 3 ochkoga ega chiqishdi. "Mash’al"ni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Mavsum avvalida katta transferlarni amalga oshira olmadik. Shuningdek, asosiy tarkib futbolchimiz qizil kartochka oldi. Shu kabi faktorlar natijalarga ta’sir ko‘rsatayapti. Bizda hozir 0 ochko, musobaqa jadvalida eng oxirgi o‘rindamiz. Biroq, xato va kamchiliklar ustida ishlab navbatdagi o‘yinlarda g‘alabalarga erishishni maqsad qilganmiz", — dedi Kochnev.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:24, 30.03.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик