Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevrokuboklar tarixidagi eng tezkor «xet-trik»

Yevrokuboklar tarixidagi eng tezkor «xet-trik»

Baho:
+ | -

Erling Xoland ijrosidagi «penta-trik»dan so‘ng «Gent» vakili ham katta sahnaga chiqdi. Belgiya klubining nigeriyalik 20 yoshli hujumchisi Gift Orban KL 1/8 finalidan o‘rin olgan «Istanbul»ga qarshi safar o‘yini birinchi bo‘limidayoq turklarni 3 marta ranjitdi. Yo‘q, butun birinchi bo‘lim emas, atigi 3 daqiqa oralig‘ida 3ta gol urdi.

***31-daqiqa - turklar markazda to‘pni yo‘qotishdi va mehmonlar tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Yakunda yarim himoyachi Xon Xen Sok jarima maydoni ichida to‘pni egallab, ortidan kelayotgan Orbanni zarba yo‘liga chorladi va «Istanbul»ning tajribali kiperi Volkan Babajan ojiz qoldi.

***32-daqiqa - Xon Xen Sok bu safar Gift bilan «devor» uslubida o‘ynab, uni yana bir bora qulay vaziyatga chiqardi. Nigeriyalik iqtidor yakunda himoyachini aldab o‘tib, uzoq mavofadan darvozaning «to‘qqiz»ligini nishonga oldi.

***34-daqiqa - Orban jarima maydonida to‘pni raqiblar ta’qibisiz bemalol egallab oldi va yana bir aniq zarba!

Qisqasi, Gift 3ta gol uchun atigi 3 daqiqa 24 soniya sarfladi - bu yevrokuboklar tarixidagi rekord! Bunga qadar eng yuqori natija «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga tegishli edi: misrlik joriy mavsum «Reynjers» bilan o‘yinda 6 daqiqa 12 soniyada 3ta gol urdi.

Xo‘sh, «mahluq» sifatiga ega Erling Xolanddan-da «yirtqich»roq ko‘ringan Gift Orban qanday futbolchi? Gap Nigeriyaning «Bison» klubi tarbiyalanuvchisi haqida ketmoqda. U futbol agenti Emefi Aneke-Atta yordami bilan yevromaydonlarga bosh suqdi. Ushbu agent asli Nigeriyadan, lekin Norvegiyada yashaydi, uning yevrofutbolga tortgan mijozlari orasida Kot-d~ivuarlik Devid Fofana («Chelsi»)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Odion Igalo va Chidera Ejuke ham aynan Aneke-Atta bilan hamkorlik qilishadi. Orbanga qaytsak, u Belgiyaga chempionatiga Norvegiya orqali qadam tashladi. Aniqrog‘i, agent nigeriyalik yigitchani o‘tgan yilning avgust oyida «Stabek» (Ikkinchi divizion ishtirokchisi) tarkibiga joylashtirib qo‘ydi. Gift esa Norvegiyada birinchi o‘yindanoq effekt bera boshladi va qisqa vaqtda ancha jiddiy statistika to‘pladi: 22ta uchrashuvda 19ta gol, 7ta assist. Shu tariqa «Gent» nazariga tushdi va Belgiya klubi qishda transferi uchun norvegiyaliklarga 3 million yevro to‘ladi ortiqsa savdolashmasdan. 

Giftning Belgiya futbolidagi starti esa - kosmos! Diqqat qiling, Orban barcha musobaqalar doirasidagi dastlabki 9ta o‘yinda 12ta gol urdi. U ayniqsa, mart oyida o‘zgacha «quturdi». Deylik, «Istanbul»ga qarshi kechgan 1G‘8 finali bosqichi javob o‘yinidan 3 kun oldin Yupiler- ligada «Sulte Varegem» kiperini 4 marta ojiz qoldirgandi - «poker». Xullas, 2ta o‘yinda 7ta gol. Fantastik tezlik. Hushyor tort, Erling!

Agar joriy asr Yevropaning kuchli 5ta ligasida qayd etilgan tezkor «xet-trik»lar ro‘yxatiga qarasak, Sadio Mane oldinda. Senegallik hujumchi 2014|2015 yillar mavsumi «Liverpul» libosida atigi 3 daqiqada 3ta gol urgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:09, 31.03.2023.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.