Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

ChatGPT sun’iy intellekti barcha davrlarning eng kuchli ramziy jamoasini tuzdi

ChatGPT sun’iy intellekti barcha davrlarning eng kuchli ramziy jamoasini tuzdi

Baho:
+ | -

Sun’iy intellekt o‘zini eng buyuk deb da’vo qiladigan barcha futbolchilarni jamoaga sig‘dira oldi.

O‘ng qanot hujumchisi - Lionel Messi (Argentina)

"Oltin to‘p"ning yetti karra g‘olibisiz ro‘yxat g‘alati bo‘lar edi. Qiziq, agar Messi jahon chempioni bo‘lmaganida sun’iy intellekt uni tanlagan bo‘larmidi?

Markaziy hujumchi - Pele (Braziliya)

Futbolning umume’tirof etilgan Qiroli bu jamoaga kirishdan boshqa iloji yo‘q edi. U futbolchi sifatida tarixdagi yagona uch karra jahon chempioni sanaladi.

Chap qanot hujumchisi - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

"Oltin to‘p"ning besh karra g‘olibi hujumni to‘ldiradi. Tasavvur qilib ko‘ring yuqoridagi uchtasidan qaysi biri ko‘proq gol urgan bo‘lar edi.

O‘ng qanot yarim himoyachi - Diyego Maradona (Argentina)

1986 yilgi jahon chempionining pozisiyasini to‘g‘ri, deya olmaymiz. Ochig‘i, Diyego himoyadan ko‘ra hujumga yaqinroq harakat qilgan bo‘lardi.

Markaziy yarim himoyachi - Zinedin Zidan (Fransiya)

1998 yilgi jahon chempioni ushbu tuzilmani boshqarishga yordam beradi. Tasavvur qiling-a, u qancha golli uzatmalar amalga oshirishi mumkin edi.

Chap qanot yarim himoyachi - Yoxan Kroyff (Niderlandiya)

Vaholanki, Zidanga "Oltin to‘p"ning uch karra g‘olibi faol yordam bergan bo‘lardi. Kroyff hech qachon jahon chempioni bo‘lmagan, lekin u futbolga bebaho hissa qo‘shgan.

O‘ng qanot himoyachisi – Kafu (Braziliya)

Ketma-ket uch marta jahon chempionati final uchrashuvlarida maydonga tushgan yagona futbolchi (ulardan ikkitasida g‘alaba qozongan). Kafu nafaqat o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajaradi, balki muntazam ravishda hujumlarga qo‘shiladi.

O‘ng markaziy himoyachi – Franko Barezi (Italiya)

1982 yilgi jahon chempioni bu jamoada ham himoyani mustahkamlaydi. A Seriya hujumchilari yillar davomida milanlik himoyachi bilan nima qilishni bilmay yurgan davrlarni eslash kifoya.

Chap markaziy himoyachi - Frans Bekkenbauer (Germaniya)

Yarim himoyada unga joy yo‘q edi va u o‘sha yerda ham o‘ynashi mumkin. Bekkenbauyer hujumga yaqinroq pozisiyada faoliyatini boshlagan.

Chap qanot himoyachisi - Paolo Maldini (Italiya)

"Milan"ning afsonaviy himoyachisi 2006 yilgi jahon chempionatida Italiya jamoasi tarkibida bo‘lmagani achinarli. Bu jamoada u albatta oltin yutgan bo‘lardi...

Darvozabon: Janluiji Buffon (Italiya)

Italiya 2006 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozongan davrda darvozada Buffon bo‘lgan edi.

Kiritildi: 14:55, 31.03.2023.
O'qildi: 4093 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.