Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Ortda qolgan kunda ayollar (-87 kg va +87 kg) va erkaklar (-96 kg va -102 kg) o‘rtasida og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi. Kutilganidek, erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Ruslan Nurudinov, ayollar o‘rtasidagi +87 kg toifasida esa Tursunoy Jabborova oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa bugun yakunlanib, unda erkaklar o‘rtasida -109 kg va +109 kg vazn toifalaridagi bahslar o‘tkaziladi.