Mixail Mudrik “Chelsi” safida hozirgacha birorta ham to‘liq o‘yin o‘tkazmagan.
Qanot hujumchisi London jamoasiga 15 yanvar kuni “Shaxtyor”dan kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri u "Chelsi"da 5 marta maydonga tushdi va yana 3 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. U birorta ham to‘liq o‘yin o‘tkazmadi.
APL 29-turi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda (0:2) ukrainalik futbolchi 57 daqiqani maydonda o‘tkazdi.