Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: «Ramazon oyida bahslarni kechroq vaqtga qo‘yish kerak»

Maksim Shaskix: «Ramazon oyida bahslarni kechroq vaqtga qo‘yish kerak»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix "Metallurg"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi o‘rinda OAV orqali o‘yinlar vaqtini belgilashda taklifimni aytmoqchiman. Ramazon oyida bahslarni kechroq qo‘yish mumkin. Bu futbolchilarga qulaylik tug‘dirgan bo‘lardi. Chunki o‘yinda ular jismonan kuchli yuklama olishadi. Tanaffus yoki bellashuv davomida suv ham icha olishmadi.

Bugun yaxshi o‘ynadik, vaziyatlar yuzaga keltirdik. Maydon holati bizga o‘zimiz xohlagandek harakatlanishga imkon bermadi. Shunga qaramay, uchta gol urdik va g‘alabaga erishdik.

A’zamov birinchi davra oxirida safga qaytishi kutilmoqda. Rashidov keyingi bellashuvlarda maydonga tushishi mumkin. Raqib va futbolchilar holatiga qarab tarkibni o‘zgartiramiz", — dedi Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:09, 02.04.2023.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик