Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ilyos Qurbonov: "Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi"

Ilyos Qurbonov: "Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Paxtakor” (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ko‘p vaqtimiz yo‘q edi va 3-4 kun ichida raqibni o‘rganib chiqib reja tuzgandik. O‘ylaymanki, biz rejani amalga oshira oldik, faqat uni yakunlashga kelganda xatolar qildik. Tarkibimizdagi yosh futbolchilarga bugun Cherandek mahorat yetishmadi. Dragan singari futbolchilar yarimta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi. Himoyachilarga unga nisbatan yaqin masofada harakat qilish kerakligini ta’kidlagan edim. Ular e’tiborni yo‘qotishdi. O‘tkazib yuborilgan ikkinchi gol umuman kerak emasdi. Fikrimcha, hisob o‘yinga mos bo‘lmadi.

Obradovich shamollab qolgani sabab bugun jamoamizga yordam bera olmadi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, tayyorgarlik uchun 3-4 kun vaqtimiz bo‘ldi xolos. Bunday qisqa vaqtda kuchli mutaxassislar ham jamoani yaxshi tayyorlay olmaydi.

Kelgusi turdagi “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs uchun jamoani yangi xorijlik mutaxassis tayyorlaydi. Umid qilamanki, u “Metallurg”da yaxshi o‘yinni yo‘lga qo‘yadi”, – dedi Qurbonov.

Kiritildi: 22:09, 02.04.2023.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик