Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bruno o‘yinni nazorat qilishda yo‘q bo‘lib qoladi

Bruno o‘yinni nazorat qilishda yo‘q bo‘lib qoladi

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist Qahramon Aslanov Brunoning ishonchsiz o‘yinini «MYU»ning mag‘lubiyatiga bog‘ladi. 

«Bruno ma’lum shartlarda va vazifalar uchun albatta, top futbolchi, ammo ba’zi o‘yinlarda bir paytlar nega uning transferi cho‘zilgani yodga keladi.

O‘shanda, Brunoning keragidan ko‘p risk qilishi, to‘pni qadrlamasligi «MYU» skautlar bo‘limini o‘ylantirib qo‘ygan.

Bruno o‘zgarmadi, aksincha, uning fazilatlari Sulsher sistemasi uchun ayni muddao bo‘lib chiqdi. Tezkor, qarshi hujumlarga asoslangan uslub futbolchini yanada ochdi. Lekin baribir uning o‘sha De Bryuynedan farqlab turadigan salbiy jihati o‘yin tempini boshqarishda, to‘pni saqlab turish, o‘yinni nazorat qilishda pand berardi.

Sulsher buni Pogba bilan tandemda yopishga urindi, ammo fransuzning o‘zi  stabil emas. Rangnik esa, hatto Brunoni zaxiragayam o‘tkazib ko‘rdi. Yo‘q, u holda kreativ qism jabr ko‘ra boshladi.

Ten Xag Fernandesh uchun mukammal balansni topa olgandi. Kazemiro va Eriksen yordamida. Endi, Bruno o‘sha o‘zi o‘rganib qolgan ishini qilaveradi, narigi ishlar esa, nomi tilga olingan ikki futbolchi gardaniga yuklanadi.

Bu tizim juda yaxshi ishlab kelayotgandiki, Eriksen jarohat olguncha. Tarkibda boshqa Eriksen yo‘q, na Fred, na Zabitser undagi xotirjamlikni bera oladi. Haqiqiy kuchli jamoa esa, xotirjam o‘ynashi shart. Kazemironing diskvalifikasiyasi esa, umuman Brunoning zaif nuqtasini bor bo‘yi bilan ko‘rsatmoqda. Endi «Yunayted» umuman to‘pni nazorat qila olmayapti.

«Fulhem»dagi Palinya, bugun Gemaraysh bu borada Brunoga dars berishdi - qachon o‘tkir o‘ynash kerak, qachon orqaga, qachon oldinga pas berish kerak, farq yaqqol sezildi.

Yo‘q, Bruno yomon o‘yinchi emas. Aytganimdek, ba’zi shartlarda top, lekin bugungi tarkibda markazni boshqaradigan futbolchining yo‘qligi uni nafaqat foydali, balki zararli qilib qo‘yadi.

Menimcha, yozda «MYU» birinchi navbatda maydon markazi uchun kuchli futbolchi olishi shart. Fred, Maktominey, Zabitser yuqori maqsadlar uchun mos emas. Eriksen doim bo‘lmaydi, Kazemiro kamlik qiladi. Aks holda jamoa hamma bilan ochiq futbol o‘ynashga mahkum. To‘g‘ri, bu shartlarda Bruno zo‘r, lekin bunaqa uslubda hamma o‘yinni yutib bo‘lmaydi», – dedi Aslanov.

Kiritildi: 23:48, 02.04.2023.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.