Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Nant» murabbiyi futbolchilardan nima uchun o‘yin kuni ro‘za tutmaslikni so‘raganini tushuntirdi

«Nant» murabbiyi futbolchilardan nima uchun o‘yin kuni ro‘za tutmaslikni so‘raganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

“Nant” klubi himoyachisi Jauan Hajam Liga 1 doirasida kechgan “Reyms”ga qarshi o‘yin (0:3) qaydnomasidan chiqarib yuborildi. Bunga futbolchi o‘yin kuni ro‘za tutgani sabab bo‘lgan, deya xabar qilmoqda RMC Sport.

“Kanareykalar” bosh murabbiyi Antuan Kombuare 20 yoshli futbolchidan o‘yin kuni ro‘za tutmaslikni so‘ragan. Hajam bunga rozi bo‘lmagan va murabbiylar shtabi tomonidan o‘yindan chetlatilgan.

Mutaxassis bu qarorini izohlar ekan, musulmon futbolchilarga Ramazon vaqtida yengilliklar berishi, biroq o‘yin kuni ro‘za tutmaslikni so‘rashini aytgan.

“Men musulmon futbolchilar bilan uchrashdim, bu masalani muhokama qildik. Hammasi yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilamiz. Dam olish kunlari o‘yinchilar yuqori formada bo‘lishi va jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berishini istaymiz.

20 yildan beri shu sohadaman, har doim shunday qilganman. Bu borada hech qanday e’tirozim yo‘q. Men murabbiyman, qoidalarni men o‘rnataman, menda shunday qoidalar bor.

Ro‘za tutadiganlarda hafta davomidagi mashg‘ulotlarda muammo bo‘lmaydi, hatto ularni qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga harakat qilaman. Ular tushlikka kelmaydi, dam oladi. Mashg‘ulotlarda yuklama ikki hissa bo‘lgan vaqtda ham ularga dam beriladi, chunki ularning jabr chekishini xohlamaymiz.

Boshqa tomondan o‘yin kunidagi qoidalar shunday: ro‘za tutmaslik kerak. Ro‘za tutishni istaganlar tarkibga kiritilmaydi. Uning ibodatini hurmat qilaman, biroq u men o‘rnatgan qoidalarga bo‘ysunishi kerak, bu hamma uchun barobar. Olti nafar futbolchi Ramazon ro‘zasini tutyapti va faqat Jauan o‘yin kunlari ham bu ishni qiladi. Bunda hech qanday muammo yo‘q, hech qanday sanksiya bo‘lmaydi. Shunchaki ovqatlanmas ekansan, tarkibga kirmaysan, o‘yinga tushmaysan.

Men murabbiyman, qoidalarni men o‘rnataman, bunga rioya qilish yoki qilmaslik ularning ishi. O‘yin kunlari shogirdlarim 100% tayyor bo‘lishini istayman. Bu qiyin davr, biz tig‘iz taqvimda o‘ynayapmiz. Har doim shunday qilganman va buni o‘zgartirmoqchi emasman”, — deydi Kombuare.

Avvalroq Fransiya futbol federasiyasi o‘yin vaqtida iftorlik uchun uchrashuvni to‘xtatishni taqiqlagan va bu borada hakamlarga elektron xat yuborgani xabar qilingandi.

Keyinroq federasiya Hakamlar komissiyasi rahbari Erik Borgini bunga munosabat bildirgan. Mutasaddi iftorlik uchun uchrashuv vaqtida qulay pallalar shundoq ham bo‘lishi va o‘yinni alohida to‘xtatib turish shart emasligi haqida aytgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:17, 03.04.2023.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.