Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill italiyalik mutaxassis Antonio Kontening iste’fosi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Konte «Tottenxem»da samarali ishlash kayfiyatida edi. U jamoa bilan ko‘p narsaga erishmoqchi edi, lekin vaqt o‘tishi bilan hammasi yomonlasha boshladi.
Shuning uchun men uni «Manchester Yunayted»da ko‘rishni xohlamayman», - deb yozdi Nevill.
«Tottenxem» matbuot xizmati 27 mart kuni Kontening ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. London jamoasi ayni damda APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.