Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sherzod Esonov: "To‘g‘ri tanlangan taktika evaziga g‘alaba qozondik"

Sherzod Esonov: "To‘g‘ri tanlangan taktika evaziga g‘alaba qozondik"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoamiz Superliganing 4-turida Toshkentdagi Jar stadionida “Olimpik”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muxlislarini quvontirdi.

Mazkur bellashuvda Osiyo chempioni, iste’dod egasi Sherzod Esonov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi  va o‘yinga juda yaxshi kirishib ketdi.

Uchrashuvdan so‘ng Esonov “Olimpik” klubiga qarshi o‘yin va qo‘lga kiritilgan Osiyo chempionligi xususida gapirdi.

— “Olimpik” klubiga qarshi bahsda Superligada debyutingizni o‘tkazdingiz va g‘alaba nimaning evaziga qo‘lga kiritildi, deb o‘ylaysiz?
— Avvalambor, qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan “Andijon” muxlislarini tabriklayman. Xudoga shukr, debyut o‘yinim g‘alaba bilan boshlandi. Biz g‘alabamizni to‘g‘ri tanlangan taktika evaziga qo‘lga kiritdik.

— Yaqinda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdingiz. Shundan so‘ng hayotingizda nima o‘zgarganini his qildingiz?
— Asosiy maqsadlarimdan biri amalga oshdi, Xudoga shukr. Qolaversa, ushbu muvaffaqiyatdan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi.

— Siz uchun eng qiyin va murakkab uchrashuv qaysi bo‘ldi?
— Biz uchun eng qiyini bu Avstraliyaga karshi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Chunki bu o‘yin jahon chempionati yo‘llanmasi uchun edi.

— Klubga qaytganingizda sizni ko‘tarinkilik bilan kutib oldilar. Aytish kerakki, yil boshidan beri “Andijon”ga endi qo‘shildingiz va qanday o‘zgarishlarni his qildingiz?
— Ha, klubda meni juda iliq kutib olishdi. Jamoamiz har doimgidek ahil va inoq.

— Osiyo chempionligi qo‘lga kiritilgani uchun sovg‘a qilingan mashinani o‘zingiz haydayapsizmi yoki...
— Yo‘q, sovg‘a qilingan mashinani dadamga berdim.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 12:17, 04.04.2023.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик