Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi haqida aytilgan eng muhim fikrlar: Ota Messi, Aka Messi va Laporta

Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi haqida aytilgan eng muhim fikrlar: Ota Messi, Aka Messi va Laporta

Baho:
+ | -

Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi vaqt masalasiga aylanganga o‘xshaydi. Bu borada jarayonning muhim shaxslari o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan va ular juda ham o‘xshash. Messi yozda "PSJ" bilan tuzgan shartnomasini yakunlaydi. Ko‘pchilik 35 yoshli futbolchi Jahon chempionatidan keyin Parijdagi bitimini uzaytiradi deb o‘ylagandi. Ammo voqealar rivoji boshqa tarafga qarab ketdi. Ayni damda Messi Kataloniyaga qaytish arafasida turibdi. U "Barsa" safida rekord darajada ko‘p o‘yin o‘tkazib, ko‘p gol urgan. Quyida Messining ushbu qaytishi haqida yangragan eng muhim fikrlar aytib o‘tiladi.

Lionel Messi

Keling, navbatni uning o‘zi bilan boshlaymiz. O‘tgan yili u shunday degan: "Jahon chempionatidan keyin nima qilishimni hali aniq bilmayman. Hozir faqat mundial haqida o‘ylamoqdaman. Qatardan qaytib kelib, kelajak haqida bosh qotiraman".
Hamma uning shartnomasi uzaytiriladi deb o‘ylagandi. Biroq, Messi tez orada erkin agent sifatida o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi.

Matias Messi

Fevral oyida Messining akasi u haqida fikr bildirigandi: "Men gazetalarda Messi "Barselona"ga qaytishi kerak degan g‘alati xabarlarni o‘qiyapman. Buni o‘qiy turib, o‘zimni kulgudan tiya olganim yo‘q. Biz "Barsa"ga qaytmaymiz. Bu ish sodir bo‘lishi uchun birinchi o‘rinda Joan Laportani ishdan haydash kerak. Odamlar uni qo‘llamaydi. Shu sabab muxlislar Laportani norozilik yo‘li bilan ketkazib, Messi qaytishiga yo‘l ochib berishi lozim. Ispanlar xiyonatkor bo‘ladi, men sizga aytsam. Ular haqiqatni eshitishni istamaydi va qulog‘i kar odamdek o‘zini tutadi".
Bu gaplari uchun Matias, keyinchalik kechirim so‘ragan.

Joan Laporta

Marta oyida janob prezident shunday degan: "Men Xorxe Messi bilan uchrashib, ayrim masalalarni muhokama qildim. Biz Jahon chempionati va Messini qutlash o‘yini haqida gaplashdik. Ayni damda u "PSJ"da. Shu sabab uning qaytishi haqida biror nima deya olmayman. Ammo shaxsan Messi o‘z faoliyatini "Barselona"da tugatishini istagan bo‘lardim. O‘ylashimcha, buni amalga oshirish qo‘limizdan keladi. Meni o‘zimni Messining qaytishida ma’sul deb bilaman".

Xavi

Yaqinda Messining sobiq jamoadoshi shunday degandi: "Uning qaytishi ko‘plab faktorlar bilan chambarchas bog‘langan. Avvalo, biz Moliyaviy Feyr Pley qoidalariga amal qilgan holda ish tutamiz. Garchand ko‘plab tomonlar masalaga ta’sir qila olsada, eng katta omil bu Messining istagidir. Aynan u qaytishni xohlashi kerak. Leo "Barselona" uning uyi ekanini yaxshi biladi. Shunday ekan, bizning eshiklarimiz u uchun doimo ochiq. Bu yerdagi hamma uni qaytishidan xursand bo‘ladi".

Fabrisio Romano

Yaqindagina insayder-jurnalist shunday deb yozgandi: "Aniqki, "Barselona" Messi uchun kurashga kiradi. Negaki, bu yo‘lda boshqa da’vogarlar ham bor. Hali hech kim unga rasmiy taklif bilan chiqmadi. Hammasini Messi va Laporta o‘rtasidagi munosabatlar hal qiladi. Shuningdek, "Barsa" MFP qoidalarini ham unutmasligi lozim. "PSJ"ning Messi uchun bergan taklifi hali o‘z kuchida".

Tyerri Anri

Messi "Lion"ga qarshi bahsda parijliklar muxlislari tomonidan xushtakbozlikka sabab bo‘lgandi. Bu borada Anri shunday deydi: "Muxlislarni bunday qilgani yaxshi emas. Siz dunyodagi eng yaxshi futbolchiga qarshi bunday qilmasligingiz kerak. Ochig‘i, men uni "Barsa"da ko‘rishni istagan bo‘lardim. Futbol uchun ham Messi "Barselona"ga qaytishi kerak".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 08:43, 05.04.2023.
O'qildi: 5278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.