Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Lutfullo Majidov: «Ikkinchi bo‘limdagi yigitlarning harakatidan qoniqdik»

Lutfullo Majidov: «Ikkinchi bo‘limdagi yigitlarning harakatidan qoniqdik»

Baho:
+ | -

“Andijon” U21 jamoasi Toshkentda “Olimpik” U21 bilan kuch sinashdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda andijonliklar javobsiz 2 ta gol urgan holda g‘alaba qozondilar. Uchrashuvdan keyin “Andijon” U21 bosh murabbiyi Lutfullo Majidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— “Andijon” U21 ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘yindan olgan taassurotlaringiz qanday?
— G‘alaba uchun kelgandik. Lekin “Olimpik”ning kuchli ekanligini ham bilardik. Asosiy jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda to‘p surgan futbolchilar ham bizga qarshi bahsda maydonga tushishdi. Bu esa “Olimpik”da birinchi yoki ikkinchi jamoa degan tushuncha yo‘qligidan darak. Yoshlari bugun bizga qarshi o‘ynagan bo‘lsa, ertaga Superliganing kuchli klubi bilan bahsda ham maydonga tushishadi. Birinchi taymda bizga qiyin bo‘ldi. Ayrim vaziyatlarda omad ham biz tomonda bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda jismoniy holatimiz bo‘yicha g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman. Chunki “Olimpik” jamoasi ikkinchi bo‘limda oldinga kamroq o‘tishni boshladi. Menimcha, bu charchoq alomatidan bo‘ldi. Shuning hisobiga ikki marta qarshi hujumda gol urdik.

— Aysarovning goliga qanday baho bergan bo‘lardingiz?
— Aysarov maydonni ko‘radigan o‘yinchi. O‘sha holatda darvozabon biroz oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va buni to‘g‘ri baholab to‘pni ustidan oshirib qo‘ydi.

— 4 ta uchrashuvdan beri darvoza daxlsizligi saqlab kelinyapti. Bu nima bilan bog‘liq?
— Ayrim o‘yinlarda biz tomonda omad bo‘ldi. Yana ayrim bahslarda tartibli himoya yo‘lga qo‘yildi.

— Umuman olganda, o‘yindan qoniqish hosil qilyapsizmi?
— Birinchi taym unchalik o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limdagi yigitlarning harakatidan qoniqdik. Borini berishdi. Ramazon oyida ko‘pchiligi ro‘za tutishgan. Lekin yigitlarimiz kurashishdi. Shunga qarab tarkib tuzgandik. Ro‘zadorlarga bir taymdan imkoniyat berdik va kuchni teng taqsimladik.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:17, 05.04.2023.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.