Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Mavsum afsuslari: qaysi klublar o‘z futbolchilarini sotganidan pushaymon chekmoqda? "Manchester Siti", "MYU", "Lester"...

Mavsum afsuslari: qaysi klublar o‘z futbolchilarini sotganidan pushaymon chekmoqda? "Manchester Siti", "MYU", "Lester"...

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning o‘tgan mavsumda "Manchester Siti"dan ikki futbolchi xarid qilishi, jamoani kuchli to‘rtlik umidvoridan, chempionlik uchun da’vogarga aylantirdi. Bu transferlar esa "Manchester Siti"ni afsuslantirgan. Quyida ana shunday holatlarning bir nechtasi taqdim etiladi.

1. Oleksandr Zinchenko ("Manchester Siti"dan "Arsenal"ga)

Pep Gvardiola o‘z shogirdi Mikel Artetaga, o‘ziniki kabi jamoa tuzish imkonini berdi. Barcha biladiki, ayni damda "Arsenal" chempionlik uchun kurashmoqda. Bu o‘zgarishlarni Arteta jamoasiga sobiq "Manchester Siti"chilar: Zinchenko va Jezus olib keldi. Xususan, ukrainalik London jamoasida muhim figuraga aylana oldi. Zinchenko maydon bo‘ylab 90 daqiqa mobaynida har-xil funksiyalarni bajara oladi. Shunday qobiliyatga ega futbolchini Gvardiola berib yubordi. Bu bilan "Manchester Siti" o‘zi uchun yangi raqib yaratdi.

2. Kasper Shmeyxel ("Lester"dan "Nissa"ga)

"Lester Siti" Shmeyxelni, iloji boricha jamoada qolishga ko‘ndirishi kerak edi. Balki daniyalik posbon ketishidan oldin "tulkilar"ning bu mavsumdagi omadsizliklarini sezgandir. Ammo klub rahbariyati katta xatoga yo‘l qo‘yganini his qildi. Shmeyxelning ketishi "Lester"ga nafaqat moliyaviy manfaat olib kelmadi, balki jamoa o‘z sardori, xarakterli vakili va ishonchli posbonini yo‘qotdi. Agarda u "Lester" bilan qolganida, balki jamoa bunchalik inqirozga kirib ketmagan bo‘lardi. Atigi bir necha mavsum oldin APL chempioni bo‘lgan jamoa, hozir Chempionshipga ravona bo‘lish bo‘sag‘asida turibdi.

3. Gabriel Jezus ("Manchester Siti"dan "Arsenal"ga)

Bir narsa aniqki, "Manchester Siti" hozir Jezusga qarab, "shunday hujumchini berib yuborib, xato qilgan ekanmiz" deb o‘ylamayapti. Gap Jezusninng mahoratida emas. Baribir, u Gvardiola jamoasida Xoland va Alvaresdan yuqori o‘ringa chiqa olmagan bo‘lardi. Shunday ekan, 2022 yilgi yoz har ikki tomon uchun foydali bo‘ldi, deyish mumkin. Ammo masalaning boshqa bir tomoni bor. "Manchester Siti" hozir sezdiki, Jezusni aynan "Arsenal"ga sotish, xato bo‘lgan ekan. Negaki, ular bu bilan Mikel Artetani "Emirates"da to‘laqonli kuchli jamoa tuzishiga imkon berib qo‘ydi. Agarda braziliyalik hujumchi boshqa ligaga transfer bo‘lganida, hozir "shaharliklar" boshida "Arsenal" turib olmagan bo‘lar edi. Negaki, to‘pchilar ruhiyati va xarakteri Jezus va Zinchenko bilan qayta tiklandi.

4. Edinson Kavani ("MYU"dan "Valensiya"ga)

"MYU" Krishtianu Ronalduning kutilmagan jo‘nab ketishidan keyin, markaziy hujumchiga muhtoj bo‘lib qoldi va "Byornli"dan Vaut Vegxorstni ijaraga olishga majbur bo‘ldi. Ha, Edinson Kavani jamoadan ancha oldin, Ronaldu gullab-yashnayotgan paytda ketgan. U portugaliyalik bor joyda qololmasdi. Biroq, Ronaldusiz "MYU" Marsyalga ishonishga majbur bo‘ldi. Fransuz hujumchisi esa jarohat sabab formasini yo‘qorib qo‘ydi. Agarda Kavani, mana shunday paytda ten Xag jamoasida bo‘lganida, raqiblar uchun eng katta xavfga aylangan bo‘lardi. Bu esa, o‘z navbatida "qizil iblislar"ning pul tejashiga ham yordam berardi.

Divok Origi ("Liverpul"dan "Milan"ga)

Divok Origi jamoadan ketdi-yu, fayz yo‘qolib qolgandek bo‘ldi. Ha, belgiyalik 7 yil davomida "Liverpul"da asosiy figura bo‘lmadi. Ammo kerakli vaqtda kerakli gollarni urishni bilardi. Aniq aytish mumkinki, agarda Origi hali ham mersisaydliklar safida bo‘lganida, "Liverpul" hozir APLda yuqoriroqda bo‘lardi. Balki kubok bahslaridan ham chiqib ketmasdi. Darvin Nunyes esa katta pulga transfer qilingani bilan, kerak paytlarda jamoasi joniga oro kira olmayapti. Balki fikrimiz noto‘g‘ridir. Lekin "Liverpul" rahbariyati Origini qo‘yib yuborganidan afsusda bo‘lishlari kerak.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:30, 05.04.2023.
O'qildi: 6626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.