Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Sobiq jamoasiga qaytgan eng mashhur murabbiylar

Sobiq jamoasiga qaytgan eng mashhur murabbiylar

Baho:
+ | -

Ular ketishidan oldin «hech qachon qaytmaslik»larini aytishadi. Ammo doimo eski jamoaga mehr va shuhrat sog‘inchi qaytishga majbur qiladi. Ayni damda «Chelsi» murabbiysiz qolgan. Klub rahbariyati mavsum oxiriga qadar Frenk Lempardni olib kelishni o‘ylamoqda. U bundan oldin bir yildan oshiq vaqt davomida o‘zi shuhrat qozongan jamoani boshqargan edi. Quyida sobiq jamoasiga qaytgan murabbiylar haqida so‘z boradi.

Joze Mourinyo

2004 yilda «Portu» bilan YECHLda zafar quchgan portugaliyalik mutaxassisga kattaroq jamoadan taklif kelib tushadi. Roman Abramovich yangi sotib olgan jamoasi bo‘lmish, «Chelsi»ni Mourinyo qo‘liga topshiradi. U London klubida ketma-ket ikki bor APL chempioniga aylanib, bir marta Angliya kubogi, ikki bor esa liga kubogi musobaqasini yutadi. 2007 yilda Mourinyo yomon natijalari, qolaversa, rahbarlar bilan kelishmay qolgani sabab ishdan olinadi. Ammo 2013 yilda Abramovich yana eski qadrdonini ishga qaytaradi. «Aristokratlar» bilan u yana bir bor APL chempioni bo‘ladi. 2015 yilda Mourinyoning eski kasali qo‘zib, bu safar rahbariyat bilan emas, balki futbolchilar bilan janjallashadi va jamoani tark etadi.

Lui van Gal

Hayratlanarlisi, van Gal Niderlandiya termasida uch davr ishlaydi. U Qatardagi mundialga jamoani boshlab borgandi. Klublar miqyosida ham u juda ham sadoqatlidir. Sobiq «MYU» ustozi «Barselona»ni 1997-2000 hamda 2002-2003 yillarda boshqargan. Dastlabki davrida van Gal kataloniyaliklarga ikki bor La-liga sovrinini, bir bor Ispaniya kubogi va UYEFA Superkubogini taqdim etgandi. Ikkinchi davr esa boshqacharoq kechgan. U 7 oy davomida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «Barselona»ni 12 o‘ringa tushib ketishiga sabab bo‘ladi va ishdan olinadi.

Massimiliano Allegri

Allegri Yuventus bilan besh marta Italiya chempioni bo‘ladi. Uning jamoasi, shuningdek, ikki marta YECHL finalida ishtirok etadi. 2019 yilda u jamoadan ketadi. O‘sha paytda turinliklar o‘rtacha 70 foiz g‘alabali ko‘rsatkichga ega edi. Allegri o‘rniga kelgan Andre Pirlo, jamoa darajasi tushib ketishiga sabab bo‘lgandi. Oradan 2 mavsum o‘tib, yana Allegri ishga qaytdi. Ayni damda «keksa sinyora»ning ishlari ko‘ngildagidek emas. Moliyaviy jinoyatlari sabab, «Yuventus»dan 15 ochko olib qo‘yildi. Hozir jamoa 7 pog‘onani band etib turibdi.

Zayniddin Zidan

«Real» eski murabbiylarni qaytarish borasida katta tajribaga ega. Xususan, hozirgi murabbiy, Karlo Anchelotti ham avval jamoada ishlab ketgan. Italiyalik mutaxassis bir narsada avvalgi murabbiy, Zidanga yeta olmaydi. Negaki, fransuz uch marta ketma-ket YECHLda g‘alabaga erishgan. 2018 yilda ishdan ketgan Zidan 2019 yilda yana jamoaga qaytadi. Ikkinchi davrida u «Real»ni La-liga chempioniga aylantiradi.

Kenni Dalglish

1980 yillarda Dalglish «Liverpul»da katta obro‘ qozonadi. U mersisaydliklarga 3 ta liga chempionligi va 1 ta Angliya kubogini taqdim etgandi. 1991 yilda «Liverpul» uni jamoaga qaytargan. Keyinchalik Dalglish «Blekbern Rovers» bilan APLda g‘alaba qozonadi, «Nyukasl» bilan yaxshi natijalar qayd etadi. «Seltik»da esa sport direktori bo‘lib ishlaydi. 2011 yilda Kenni «Liverpul»ga uchinchi marta ishga keladi. Bu safar u mersisayd jamoasiga faqat liga kubogini taqdim etadi xolos. Kubok bahsining finalida uning jamoasi «Chelsi»dan mag‘lubiyatga uchraydi (2-1).

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:15, 06.04.2023.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.