Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Davron Fayziyev: "Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik"

Davron Fayziyev: "Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912» — “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida:

- Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bugun bizga omad yetishmadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Bugun o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaganimiz tufayli yoshlarga ham imkon berdik. Imkoniyatlarini chamalab oldik, sinovdan o‘tkazdik. Yomon harakat qilishmadi, aytib o‘tganimdek bizga omad yetishmadi.

“Nasaf” yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Qo‘qonda esgan shamol ham har ikki jamoaning o‘yiniga ta’sir ko‘rsatdi.

- Golda darvozabonning xatosi bor deb o‘ylaysizmi?

- Yo‘q, bunda faqat darvozabonni ayblamagan bo‘lardim. Golda hammaning xatosi bor. Himoyachilar, yarim himoyachilar, zarbagacha qo‘yib berdik. Darvozabondan ham xato bor, lekin ayb to‘liq unda emas. Zarba berilgan vaqtda to‘p yo‘nalishi o‘zgardi, bu darvozabonni chalg‘itdi. “Nasaf” bizning jarima maydonimiz atrofida xavfli vaziyatlar yaratishiga tayyor edik. Shundan boshqa vaziyatlarda biz ularga imkon bermadik.

- Kubok qur’asiga munosabatingiz qanday? Masalan, kimdir uyda, kimdir safarda ko‘proq o‘ynashiga fikringiz qanday?

- Buni qur’adan avval hamma bilardi. Qur’a qanday bo‘lishini esa hech kim bilmasdi. Bu ham bir omad. Kimdir ko‘proq uyda, kimdir ko‘proq mehmonda o‘ynaydi. To‘g‘ri, biz qolgan ikkita o‘yinni safarda o‘tkazamiz. Reglament shunday va biz uni hurmat qilamiz. Lekin bari bir har bir jamoa safarda ham o‘ynaydi, to‘liq uyda o‘ynamaydi.

Bizga Superliga yo‘llanmasi vazifasi qo‘yilgan. Endilikda bor e’tiborimizni chempionat o‘yinlariga qaratamiz. Biroq bu kubok o‘yinlariga e’tiborsiz ekanimizni anglatmaydi. Bizning vazifamiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Kubokda imkon boricha uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Shu sababli har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Shu o‘rinda bugun ob-havo noqulayligiga qaramasdan bizni qo‘llab quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizni ajoyib tarzda qo‘llab quvvatlashdi. Barchaga rahmat." - dedi Davron Fayziyev.

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 08:38, 06.04.2023.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.