Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Chelsi»ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni nimalar kutib turibdi?

«Chelsi»ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni nimalar kutib turibdi?

Baho:
+ | -

«Chelsi»ni yaqin orada kim tark etishi mumkin? Keyingi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar yig‘ilgan. Quyida ular haqida so‘z yuritamiz. 

Pyer-Emerik Obameyang (Gabon, hujumchi, 33 yosh)

Forvard o‘tgan yozda unga sarflangan 12 million yevroni oqlamasligi aniq bo‘ldi. Obameyang Premyer-ligada 12 ta o‘yinda atigi bitta gol urgan.

Xakim Ziyesh (Marokash, vinger, 30 yosh)

Marokashlik futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, Ziyeshga «Tottenxem», «Vest Xem», «Fulxem» va hatto «PSJ» da’vogarlik qilmoqda.

Kalidu Kulibali (Senegal, himoyachi, 31 yosh)

Kulibali - «Chelsi» uchun muhim himoyachi. Ammo londonliklar, qishdagi katta hajmdagi xariddan so‘ng tarkibni tozalashlari kerak va «qurbonlar» dan biri afrikalik bo‘lishi mumkin.

Kristian Pulishich (AQSH, vinger, 24 yosh)

Joriy mavsumda u Premyer-liganing 19 ta o‘yinida atigi bitta gol urdi. Amerikalik futbolchi agar «Chelsi» «Atletiko»dan Joau Feliksni to‘liq sotib olsa, Kristianni shartnomaning bir qismiga qo‘yishi mumkin.

Mateo Kovachich (Xorvatiya, yarim himoyachi, 28 yosh)

Xorvatiyalikning «Chelsi» bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va shuning uchun ham eng yaqin transfer oynasi uni sotish uchun yaxshi imkoniyatdir. «Man Siti», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» Kovachich bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Konor Gallaxer (Angliya, yarim himoyachi, 23 yosh)

Yosh futbolchi muntazam ravishda Premyer-ligada zaxiradan maydonga tushadi - Enso Fernandes uning pozisiyasida o‘ynaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, Gallaxerga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda, bu esa yarim himoyani kuchaytirishni anglatadi.

Ben Chiluell (Angliya, himoyachi, 26)

Chiluell, shuningdek, kutilayotgan yozgi sotuvning bir qismi sifatida klubni tark etishi mumkin. «Bavariya»ga ketgan Joau Kanselu o‘rniga futbolchi qidirayotgan «Man Siti» unga qiziqish bildirishi mumkin.

Romelu Lukaku (Belgiya, hujumchi, 29 yosh)

Belgiyalik futbolchi hozirda «Inter»da ijara asosida o‘ynamoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, Lukaku Italiyada qolmoqchi va buning uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

Kallum Xadson-Odoi (Angliya, vinger, 21)

Yosh ingliz futbolchisi Leverkuzenning «Bayer» klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Xadson-Odoi yozda sotilishi mumkin, chunki uning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsumdan keyin tugaydi.

Meyson Maunt (Angliya, yarim himoyachi, 24 yosh)

«Liverpul» kuzatib borayotgan «Chelsi»ning yana bir futbolchisi. Biroq, «Manchester Yunayted» bu jarayonga aralashishi mumkin. Goal xabariga ko‘ra, londonliklar Maunt uchun 80 million yevro berish niyatida.

Sesar Aspilikueta (Ispaniya, himoyachi, 33 yosh)

Shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydigan faxriy himoyachi 2012 yildan buyon «Chelsi»da to‘p tepadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Aspilikuetaga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Joau Feliks (Portugaliya, hujumchi, 23 yosh)

Bu qishda «Chelsi» portugaliyalikni «Atletiko»dan 6 oyga 11 million yevro evaziga ijaraga oldi. Biroq «ko‘klar» Joau Feliksni sotib oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Kiritildi: 00:55, 07.04.2023.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.