Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

"Chelsi" 2001 yilda Frenk Lempard bilan yana qaysi futbolchilarni sotib olgan edi?

"Chelsi" 2001 yilda Frenk Lempard bilan yana qaysi futbolchilarni sotib olgan edi?

Baho:
+ | -

APL tarixidagi eng iste’dodli yarim himoyachi sifatida Lempard nomi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etiladi. Haqiqatdan ham u "Chelsi"da afsonaga aylangandi. Sobiq ingliz futbolchisi 2019 yilda "Chelsi"ga bosh murabbiy sifatida olib kelinadi. Lempard 2021 yilning boshida ishdan bo‘shatilgandi. Biroq, 44 yoshli mutaxassis yaqindagina Grem Potterni ketishi ortidan yana jamoaga qaytdi. Endilikda, u "Chelsi"ni 2022-23 yilgi mavsum yakuniga qadar boshqarib turadi.
O‘zining "Chelsi"dagi 13 yillik faoliyati davomida Lempard 211 marta gol urishga erishib, klubning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purariga aylanadi. 648 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi, jamoa bilan uchta APL sovrinini 4 ta Angliya kubogi, ikki bor liga kubogi hamda Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘ladi. Lempard "Chelsi"ga 2001 yilda, "Vest Xem" akademiyasidan 11 million funt evaziga olib kelinadi. O‘shanda bosh murabbiy Klaudio Ranyeri edi. Aytish kerakki, italyan mutaxassisi o‘sha yili faqatgina Lempardni sotib olmagan. Yana bir qancha o‘yinchilar ham jamoaga kelib qo‘shiladi. Quyida ular haqida bilib olasiz.

Vilyam Gallas

2011 yilning yozidagi eng arzon xarid "Chelsi" uchun Gallas bo‘lgan edi. U 6.2 million funt evaziga "Marsel"dan sotib olinadi. Markaziy himoyachi jamoa mudofaasida besh yil davomida, dastlab, Marsel Desayi bilan, keyin esa Jon Terri hamkorligida harakat qildi. U 225 ta bahsda maydonga tushirilib, 2004-05 va 2005-06 yilgi mavsumlardagi chempionlikka katta hissa qo‘shdi. O‘zining klubdagi so‘nggi yilida, Gallas jamoasi uchun muhim gollarni ura boshlaydi. Fransiya terma jamoasining sobiq a’zosi 2006 yilning yozida "Arsenal"ga beriladi. U tomondan esa Eshli Koul olib kelinadi.

Budeveyn Zenden

2001 yilda 4 ta futbolchi sotib olingan bo‘lsa, shular ichida eng kam ta’sirga ega bo‘lgani, aynan Zenden edi. U 7.5 million funt evaziga "Barselona"dan xarid qilinadi. Yarim himoyachi ikki mavsum davomida jamoada bo‘lib, 43 ta APL bahsida ishtirok etadi. 2003-04 yilda "Midlsbro"ga ijaraga berilgan futbolchi, 2004 yilning yozida "Liverpul"ga sotib yuboriladi. Zenden 2012 yilda "Chelsi"ga yordamchi murabbiy sifatida qaytib kelgandi.

Emmanyuel Peti

2001 yilning yozida Peti sotib olinadi. Unga o‘shanda "Tottenxem", "MYU" va "Sanderlend" qiziqish bildirgan. "Barselona" fransuz futbolchisini 7.5 millionga sotadi. O‘zining jamoadagi ilk mavsumida hammasi ko‘ngildagidek o‘tadi. Ammo 2002 yilning marta oyigacha Peti birorta gol ura olmaydi. Lempard va Peti yarim himoyada yaxshi harakat qilardi. 2003-04 yilda Peti jamoadan ketadi va nafaqaga chiqadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:27, 07.04.2023.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.