Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Anchelottining fevral oyida "Osasuna" ustoziga "Kubok finalida ko‘rishguncha" degan videosi ommalashdi (video)

Anchelottining fevral oyida "Osasuna" ustoziga "Kubok finalida ko‘rishguncha" degan videosi ommalashdi (video)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Madridning "Real" klubi "Barselona"ni mag‘lub etib, Qirol kubogi finaliga chiqdi va "Osasuna" bilan bellashadi. Shu tariqa, "Osasuna" o‘z tarixida ikkinchi marta finalga yo‘l oldi. Birinchi marta 2005 yilda finalda o‘ynagan edi.

Joriy yilning 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan o‘yindagi videolavha Ispaniyada keng ommalashmoqda. Movistar telekameralari "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va "Osasuna" bosh murabbiyi Yagoba Arrasatelarning o‘rtasidagi suhbatni suratga oldi.

Suhbat yakunlar ekan, Anchelotti Arrasetega "Qirol kubogi finalida ko‘rishguncha" dedi. Oradan bir yarim oy o‘tgach, ular finalda uchrashadi.