Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: "Jamoa psixologik jihatdan qiyin vaziyatda"

Ulug‘bek Baqoyev: "Jamoa psixologik jihatdan qiyin vaziyatda"

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasida o‘z maydonida “Bunyodkor”ga imkoniyatni boy bergan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev jamoadagi muammolar, rejalar, rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar va muxlislar ishonchi haqida gapirdi.

“Avvalo, aytishim kerakki jamoamiz ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin jismoniy va psixologik jihatdan qiyin ahvolda. O‘yin boshlanishi bilan futbolchilar ortiqcha hayajonlanishgandek. Kerak bo‘lmagan vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Vaziyatni o‘nglash uchun oldinga tashlandik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. O‘yin oxirida butun jamoa bo‘lib hujumga otlandik va ikkinchi golni qo‘yib yubordik. Bu gol hech nimani anglatmas edi.

Jamoa aytganimdek biroz psixologik tushkun vaziyatda. Chempionat avvalida yo‘qotilgan ochkolarni qaytarish uchun astoydil harakat qilamiz. Hali hammasi oldinda va vaziyatni o‘nglashga intilamiz.

Ikkinchi davragacha hali 8ta o‘yinimiz bor. Kim qanday holatda ekanini, jamoadagi futbolchilarning darajasini bilib olishimiz kerak. Shundan keyin transferlar borasida fikr bildirish mumkin.

Muxlislarga rahmat. Ular qiyin vaziyatda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Ularga sabr va matonat tilayman. Biz ham ularga munosib javob qaytaramiz. Rejalarimiz ulkan va ularni amalga oshirish uchun mehnat qilamiz”, deydi murabbiy.

Kiritildi: 22:19, 07.04.2023.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.