Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

700 ta o‘yindan keyin Ronaldu, Messi va Neymarning statistikalari qanday ko‘rinishga ega?

700 ta o‘yindan keyin Ronaldu, Messi va Neymarning statistikalari qanday ko‘rinishga ega?

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Biz shunday omadlimizki, Ronaldu, Messi va Neymar bilan zamondosh holda yashadik. Ayniqsa, Ronaldu va Messi kurashi futbol dunyosini so‘nggi 10 yillikda hayratga solib keldi. Neymar esa ulardan keyingi o‘rinda eng yaxshilardan biridir. Yuqoridagi har bir nom rekordlarni yangilash borasida katta natijalar qayd etgan. Messi misolida oladigan bo‘lsak, u Argentina terma jamoasini so‘nggi mundialda chempionga aylantirdi. Leo "Barselona"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari sanaladi. 35 yoshli qahramonimiz yetti bor "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan va bu mutlaq rekord hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida 700 ta o‘yinda maydonga tushganida, 565 ta gol urib, 232 ta assist qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa Messining har bir o‘yinda o‘rtacha 1.14 ta gol urganini anglatadi.

Ronaldu borasida ham qiziqarli faktlar bisyor. Xususan, portugaliyalik yulduz 30 yoshdan keyin ancha o‘sishga erishgan. 700 o‘yin davomida Ronalduning rekordi 595 ta golga tengdir. U ilk yillarini vinger sifatida o‘tkazadi. Keyinchalik esa markaziy hujumchi sifatida gavdalangan. Ronaldu eng yaxshi natijasini 2014-15 yilda o‘tkazgan bo‘lib, o‘sha mavsum hujumchi uchun 61 ta gol bilan yakun topadi. Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmay, La-liga sahnida ham yetakchilikka ega.

Neymar barcha davrlarning eng yaxshisi nomiga loyiq deb ta’kidlanmasada, unda ham o‘ziga xos natijalar anchagina. Xususan, braziliyalik hujumchi 700 ta o‘yinda Messidan ko‘ra ko‘proq assist muallifi bo‘ladi. Ronaldudan ko‘proq golga mualliflik qiladi. Neymar "Santos" safida kami 136 ta golga mualliflik qilgan. 2013 yilda "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan futbolchi, Messi va Suares bilan qoyilmaqom trioga aylanadi.
Quyida uch yulduzning 700 o‘yinidan keyin qanday natija qayd etganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Lionel Messi

O‘yinlar: 700 ta
Gollar: 565 ta
Assistlar: 232 ta
Gol va pass: 797 ta
Har bir o‘yinda: 0.81 ta gol
Har bir o‘yinda: 0.33 ta assist
Har bir o‘yinda: 1.14 ta golda ishtirok

Krishtianu Ronaldu

O‘yinlar: 700 ta
Gollar: 448 ta
Assistlar: 147 ta
Gol va pass: 595 ta
Har bir o‘yinda: 0.64 ta gol
Har bir o‘yinda: 0.21 ta assist
Har bir o‘yinda: 0.85 ta golda ishtirok

Neymar Junior

O‘yinlar: 700 ta
Gollar: 443 ta
Assistlar: 244 ta
Gol va pass: 687 ta
Har bir o‘yinda 0.63 ta gol
Har bir o‘yinda: 0.35 ta gol
Har bir o‘yinda: 0.98 ta golda ishtirok

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:09, 08.04.2023.
O'qildi: 10446 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.