Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Birinchi liga. «Paxtakor-79» — «Yangiyer» o‘yini boshqa muddatga qoldirildi

Birinchi liga. «Paxtakor-79» — «Yangiyer» o‘yini boshqa muddatga qoldirildi

Baho:
+ | -

Birinchi liga ilk turidan o‘rin olgan «Paxtakor-79» — «Yangiyer» o‘yini boshqa sanada bo‘lib o‘tadi va Liga uchrashuvning aniq sanasiga keyinroq oydinlik kiritadi.

Aslida mazkur uchrashuv bugun — 8 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq mezbon jamoaga bog‘liq bo‘lmagan ayrim muammolar sabab Liga komissari uchrashuvni boshlashga ruxsat bermadi. Gap shundaki, «Paxtakor-79» 2023 yildan boshlab o‘zining uy uchrashuvlarini Angrenda o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, Angren hokimligi shahardagi stadionni pardozlash yuzasidan qator ishlarni amalga oshirdi. Biroq stadionning xavfsizlik rejasini tegishli organlar bilan kelishish masalasi uchrashuv startiga qadar hal etilmadi.

Yarim professional futbol jamoalari o‘rtasida o‘tadigan musobaqadagi mazkur holatning hokimlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog‘liq tomonlari keyingi o‘yinlarga qadar Liga tomonidan tartibga solinadi. Angren shahriga futbol qaytayotgani, «Paxtakor-79» jamoasi so‘nggi oylar davomida barcha yo‘nalishda to‘g‘ri ishlashga harakat qilayotgani, aynan Birinchi liga uchun maydon va uning atrofida katta ishlar amalga oshirilgani, shuningdek, «Yangiyer» futbol klubining O‘FA qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan talabni 8 aprel sanasiga qadar bajara olmagani kabi faktorlar inobatga olinib, Liga ushbu uchrashuv uchun hech bir jamoaga texnik mag‘lubiyat yozmaslikka qaror qildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy uchrashuvlarni tashkil etishda uning rasmiylari hamda muxlislar xavfsizligi masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, bu kabi holatlar kelgusida tartibga solinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:15, 08.04.2023.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик