Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: "Chelsi"ga qarshi o‘yin boshqacha bo‘ladi"

Anchelotti: "Chelsi"ga qarshi o‘yin boshqacha bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 28-turida "Vilyarreal"dan uchralgan (2:3) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Uchrashuv qiyin kechdi. To‘pni o‘zimizda ushlab turish qiyin bo‘ldi, chunki raqib yaxshi harakat qildi. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, 3:1 hisobida oldinda borishimiz va o‘yin sur’atini pasaytirishimiz mumkin edi, biroq bunday bo‘lmadi. Qolaversa, biz yaxshi himoyalanmadik. Buni yaxshiroq qilishimiz mumkin edi.

Rostini aytsam, hozir barcha turnirga 100% ishtiyoq bilan harakat qilish qiyin. Bugungi o‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik, lekin chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin (“Chelsi”ga qarshi)ga futbolchilarim boshqacha ishtiyoq bilan harakat qilishlariga ishonaman. “Barselona”ga qarshi o‘yindan so‘ng tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq edi, chunki o‘sha uchrashuvda futbolchilarim ancha ko‘p kuch sarflashgandi”, — dedi italiyalik mutaxassis.

Kiritildi: 10:42, 09.04.2023.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.