Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Todd Boeli "Chelsi"ni sotib olishda yordam bergani uchun sobiq direktorga 35 million funt to‘lab bergan

Todd Boeli "Chelsi"ni sotib olishda yordam bergani uchun sobiq direktorga 35 million funt to‘lab bergan

Baho:
+ | -

So‘nggi xabarlarda aytilishcha, "Chelsi"ning yangi egasi bo‘lmish Todd Byoli Marina Granovskayaga yordamlari uchun 35 million funt to‘lagan. Amerikalik ishbilarmon 4.25 millard funt evaziga London klubini sotib olgan edi. Granovskaya esa bu jarayonni osonlashtirib bergan. Rus menejeri Roman Abramovich davrida o‘n yildan ortiq vaqt davomida tizim ichida yuradi va klub sport-direktori lavozimiga ko‘tariladi. Abramovichga sanksiyalar qo‘yilgach, ma’lum muddat "Chelsi"dagi barcha boshqaruv ishlarini aynan Granovskaya olib borgandi.

O‘tgan yozda Todd Byoli klubni rasman sotib oladi. Shundan keyin, Granovskaya, qo‘lidagi barcha boshqaruv richaglarini unga qoldirib, jamoani tark etgan. Ammo tadbirkor ayol quruq qo‘l bilan ketmaydi. Xususan, Byoli xizmatlari uchun Marinaga 35 million beradi. Bu haqida "Chelsi"ning yil yakunlaridagi moliyaviy hisobotlarida rasman ma’lum qilingan. Shuningdek, sotuv jarayonida muhim rol o‘ynagan sobiq klub raisi Bryus Bak ham quruq qoldirilmaydi. Abramovich davrida Bak 18 yil davomida boshqaruvda edi. Uni Byoli 14 million funt bilan siylaydi va xayrlashadi. Shunday qilib, jamoa ayni damda mutlaqo yangi rahbariyat qo‘l-ostida.

"Chelsi"ning e’lon qilgan deklarasiyasida, shuningdek, o‘tgan yozdagi transfer xarajatlari ham keltirilgan. Unga ko‘ra, London klubi 2022 yil yozda 368 million funtni yangi fubolchilar keltirish uchun ishlatgan. Garchand jamoa so‘nggi 1 yil ichida 16 ta futbolchisidan qutilgan bo‘lsada, ulardan kelgan foyda, bor-yo‘g‘i 22 million funtni tashkil qildi. Shunday qilib, janubiy London jamoasining o‘ylanmagan sarf-xarajatlari va yirik xaridlari natijasida, 2021-22 yilgi mavsumda byudjet 235 million funt zararga kirgan. Umumiy yo‘qotishlar hajmi esa 1 milliard funtdan oshib ketdi. Bu borada "Chelsi" APLda anti-rekord o‘rnatdi deyish mumkin.

"Aristokratlar" tomonidan yanvarda xarid qilingan Mixail Mudrik va Enso Fernandes Yevropadagi eng yirik transferlar hisoblanadi. Ular va boshqa futbolchilarga sarflangan pullar 323 millionni tashkil etgandi. Bu harajatlar keyingi yilgi moliyaviy hisobotlar ro‘yxatidan o‘rin egallaydi.
Aytish mumkinki, rahbariyat sarflagan yirik mablag‘lar "Chelsi"ning maydondagi muvaffaqiyatini ta’minlay olmadi. Ayni damda klub 11 o‘rinda bormoqda. Iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel va Grem Potterlar davridan keyin natijalar yaxshi tomonga o‘zgarmayotir. Vaqtinchalik maqomida olib kelingan Frenk Lempard ham vaziyatni o‘nglay olmadi. Kecha "Chelsi" safarda "Vulverxempton"ga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Londonliklar allaqachon kubok bahslarini tark etgan. Ammo hali ham YECHLda qatnashmoqda. Ular "Real"ga qarshi chiqishi kerak. Chorak-finalning ilk o‘yini esa Madridda bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin oldidan Lempard muhlislarga qarata shunday deydi: "Agarda tashvishga tushsangiz, biz bilan Ispaniyaga bormang. Oldimizdagi o‘yinni birgalikda, birdamlikda omadli o‘tkazamiz. Chorshanba kuni mutlaqo boshqcha o‘yin bo‘ladi, hammasi o‘zgaradi".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:00, 09.04.2023.
O'qildi: 1811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.