Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Chelsi" Antonio Konte qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

"Chelsi" Antonio Konte qo‘l-ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Tottenxem" tomonidan ishdan bo‘shatilgan Antonio Konte uzoq ishsiz yurmaydi. Xabarlarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Klub rahbariyati uni "Stemford Brij"da ko‘rishni istamoqda. Konte "Chelsi" bilan 2017 yilda APL chempioni bo‘lgan. 53 yoshli murabbiy ayni damda erkin agent maqomida ishsiz bo‘lib turibdi. Ayrim manbalar Konte va "Chelsi" o‘rtasida allaqachon dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tganini yozadi. Agarda hammasi yaxshi o‘tgan bo‘lsa, keyinga hafta ham tomonlar uchrashadi. Ayni damda Frenk Lempard boshqaruvda bo‘lib turibdi. Bu esa Kontega mavsum oxiriga qadar dam olib, o‘zini tiklab olish imkonini beradi.

Antonio Konte chempionlik yӯlida, "Chelsi" bilan asosan 3-4-3 taktik sxemasidan foydalanardi. Agarda u yana qaytarilsa, jamoa Tomas Tuxel davridan beri amalda bo‘lgan o‘sha tizimga ӯtadi. Xo‘sh, Konte asosiy tarkibni qanday belgilaydi?
Ayni damda jamoada ikkita yuqori mahorati darvozabonlar bor. Shu sababli ulardan biri, yo Kepa Arrisabalaga yoki bo‘lmasa Eduar Mendi klubdan ketishi kerak. Bizningcha, italiyalik Mendini afzal ko‘radi. U himoya markaziga Ris Jeymsni qo‘yishi kutilmoqda. Unga sherik sifatida Benua Badiashile tanlanadi. Qanotda mutlaqo yangi nom paydo bo‘ladi.

 

Akademiyadan chiqqan Xadson-Odoi o‘ng qanotdan joy egallaydi. U ayni damda "Bayer Leverkuzen" safida ijara mavsumini o‘tkazmoqda. Qarama-qarshi qanotga ikki nomzod bor. Kukurelya hamda Chilvell kurashida ingliz futbolchisi g‘olib bo‘ladi. Shuningdek, bu pozisiyaga "Byornli"da ijara asosida harakat qilayotgan Yan Matsen ham qaytishi kutilmoqda.

Kontening 2017 yildagi jamoasida porlagan N'Golo Kante, yarim himoyada Enso Fernandes bilan harakat qilishi taxmin qilingan. "Aristokratlar" yozda "Milan" yulduzi Rafael Leau uchun katta pul sarflashi aytilgan. Shunday bo‘lsa, Mixail Mudrik va Raxim Sterling taqdiri so‘roq ostida qoladi. Jamoaning yana bir yulduzi Meyson Maunt "MYU" va "Liverpul" tomonidan qiziqishlarga sabab bo‘layotgan edi. Uning ketishi tarkibdagi Kay Xaversni yanada porlashiga yordam berishi mumkin. Hujum markazida 97 million funtga xarid qilingan Romelu Lukaku paydo bo‘ladi. Belgiya terma jamoasi a’zosi Konte bilan yaxshi tanish. Bu tandem 2021 yilda "Inter" tarkibida Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Lukaku joriy mavsumda ijara asosida yana jonajon klubiga qaytdi. Ammo uning ishlari "Inter"da yurishmayapti. Xususan, Lukaku 16 ta o‘yinda 3 ta golga mualliflik qilgan xolos. Shunga qaramay, Konte uni o‘z jamoasiga chaqirib oladi. Balki ular "Chelsi"da qaytadan zafarlarga erishar.

Shunday qilib, Antonio Kontening "Chelsi"ga qaytishi katta o‘zgarishlarga zamin hozirlaydi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:25, 10.04.2023.
O'qildi: 4725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.